1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə8/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

Dorilagich va purkagichlar. Dorilagichlar urug‘lik materialni ekishda oldin zamburug‘, bakterial va virus kasalliklarga qarshi dorilashda qo‘llaniladi. Ishlash xarakteriga qarab davriy va uzluksiz ishlatiladigan; urug‘larni dorilash usuliga qarab quruqlayin, namlab va ho‘llab dorilaydigan; asosiy ish organi — qorgichning tuzilishiga qarab shnekli (ÏÑØ-3); barabanli (ÏÇ-10, ÏÓ-3,0) hamda kamerali (ÏÑ-10, AÏÇ-10, AÏÑ-4); harakatga keltirish usuliga qarab dastaki, elektr dvigatelli, kombinatsiyalangan yuritmali dorilagichlar bo‘ladi.
Shnekli dorilagich (19-rasm) urug‘larni uch xil dorilaydi. Quruqlayin dorilashda bunker 5 dan kukunsimon zahar, bunker 8 dan esa urug‘lar tushib, shnek 12 da qoriladi va darcha 13 dan tashqariga chiqariladi. Kukunsimon dori solingan bunker to‘zitgich 6, ta’minlagich-shnek 4 va dozator 3 bilan jihozlangan. Barcha mexanizmlar elektr dvigatel 2 dan uzatmalar 1 vositasida yuritiladi. Urug‘lar miqdori zaslonka 9 bilan rostlanadi. Bunkerning bo‘g‘zi panjara 7 bilan yopiladi.
Namlab dorilashda bunker 5 dan kukunsimon dori, rezervuar 11 dan esa, jo‘mrak 10 orqali suv beriladi.
Ho‘llab dorilashda rezervuar 11 dan suyuq dori beriladi, bunker 5 esa ishlatilmaydi. Dorilagich ikkita g‘ildirak 15 va tayanch 14 ga tayanadi. Dorilash jarayoni 40—50 s davom etadi.
Purkagichlar o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash, omborlarni dezinfeksiyalash, g‘o‘zalarni defoliatsiya va desikatsiya qilish uchun zaharli dorilar eritmasini, suspenziyasini yoki emulsiyalarini sepish uchun
7 8 11
6
5 4 3
2
19-rasm. ÏÑØ-3 universal dorilagichining texnologik sxemasi:
1—uzatma; 2—elektr dvigatel; 3—ta’minlagich-shnek; 5—bunker; 6—to‘zitkich; 7—panjara; 8—bunker; 9—zaslonka; 10—jo‘mrak; 11—rezervuar; 13—darcha; 14—tayanch; 15—g‘ildirak.
ishlatiladi. Vazifasiga ko‘ra dala ekinlari, bog‘ va tokzorlarni dorilashga moslangan, shuningdek universal purkagichlar bo‘ladi. Suyuqlikni purkovchi qurilmalarning turiga qarab gidravlik, ventilatorli va aerozol purkagichlar deyiladi. Gidravlik purkagichlarda ish suyuqligi to‘zituvchi uchliklarga bosim bilan yuboriladi, mayda tomchilarga parchalanadi va ekinlarga sepiladi. Ventilatorli purkagichlarda uchliklarida tuzilgan ish suyuqligi ekinlar yoki daraxtlarga ventilatorning shamoli yordamida purkaladi.
Purkagich gektarga 50—600 l suyuqlik sarflaydi. Buning uchun bosim regulatori 6 manometr 5 bo‘yicha tegishlicha 0,2—2,5 ÌPa bosimda ochiladigan qilib rostlanadi. OÂX-28 purkagichida rotorli nasos o‘rnatilgan bo‘lib, ventilatorning o‘zi tebranadi. Rotorli nasos 0,8 MÏa bosim hosil qiladi.

Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin