1. Qayta sug’urta haqida tushuncha. Qayta sug’urtaning turlari va shakllari


Qayta sug’urtaning turlari va shakllari



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə2/3
tarix25.09.2023
ölçüsü60,5 Kb.
#148387
1   2   3
Umirov shoh

2. Qayta sug’urtaning turlari va shakllari.
Tsedent atamasi riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug’urtalash uchun beruvchi sug’urta kompaniyasi. Ikkilamchi tsedent retrotsedent deb ataladi. Bundan qayta sug’urtalashda tsessiya atamasi ham keng qullaniladi. Tsessiya – sug’urta riskini qayta sug’urtalashga berish jarayonidir.
Qayta sug’urtalovchi sifatida sug’urta kompaniyasi ham bo’lishi mumkin. Jahondagi eng yirik sug’urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug’urtalash jamiyati, Shveytsariya qayta sug’urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug’urtalash jamiyatlari kiradi.
Qayta sug’urtalash ishida uning bir necha turlarini uchratish mumkin. Jumladan, fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug’urtalashdir. Fakultativ qayta sug’urtalash - nisbiy qayta sug’urtalash shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug’urtalashda har bir berilayotgan risk buyicha alohida shartnoma tuziladi. Tsedent har bir risk buyicha qayta sug’urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini mustaqil ko’rib chiqadi. o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi ham tsedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
Obligatorli qayta sug’urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni bildiradi:
1) qayta sug’urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko’ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha sug’urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini majburiy ravishda qayta sug’urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug’urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishini oldini oladi;
2) sug’urta kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir sug’urta turi buyicha riskni qayta sug’urtalovchiga berishini va o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug’urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi - tsedent qayta sug’urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug’urta riskini berishi, qayta sug’urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug’urtalash shartnomasi.
Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug’urtalash ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug’urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug’urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug’urtalash mukofotining va sug’urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug’urta qilishning printsipi "qayta sug’urtalovchi tsedentning riskini bo’ladi" degan fikrdan iborat.
Sug’urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud:
* Kvotali qayta sug’urta qilish;
* Ekstsedent qayta sug’urta qilish;
* Kvotali-ekstsedent qayta sug’urta qilish.
Nonisbiy qayta sug’urta qilishda qayta sug’urtalovchining sug’urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki printsipi qullanilmaydi. Nisbiy qayta sug’urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi.
Qayta sug’urta qilish shartnomasiga xos bo’lgan belgilardan biri qayta sug’urta qilish buyicha sug’urta mukofotlarini qaytarib olish xarakteriga ega ekanligidir. Qayta sug’urta qilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida xalqaro va milliy darajalarda foydalaniladigan qayta sug’urta qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir:
* fakultativ qayta sug’urta qilish;
* obligatorli qayta sug’urta qilish;
* fakultativ-obligatorli qayta sug’urta qilish;
Yuqorida qayd qilingan qayta sug’urta qilish shartnomalaridan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qo’llanib kelinayotgani - bu fakultativ qayta sug’urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni shundaki, bunda riskni qayta sug’urtaga beruvchi – sug’urta kompaniyasi ham va qayta sug’urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o’ziga olib qolish yoki qabul qilib olish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug’urta qilish shartnomalari buyicha sug’urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug’urta kompaniyasiga berishi shart.



Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin