0-1 yosh
|
1-2 yosh
|
2-3 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
o‘z o‘yinchoqlarini tekshirish(o‘rganish)ni boshlaydi: og‘ziga soladi, uloqtiradi bo‘laklarga bo‘ladi, taqillatib ko‘radi, ikkitasini bir-biriga uradi va chiqayotgan tovushni tinglaydi;
biror-bir tovushni atrof muhit bilan bog‘laydi (masalan, mushukni “myau” bilan, kuchukni “vov” bilan)
atrofidagi obyektlarni kuzatadi.
|
rasmdagi predmetlarni taniydi;
tabiat hodisalarini qisqa muddat ichida kuzatadi;
ayrim sabzavot va mevalarni biladi va farqlaydi;
hasharotlar (chuvalchanglarni tegib ko‘radi, chumolini kuzatadi), hayvonlar (uy hayvonlariga qaraydi, ularni ko‘rsatadi), o‘simliklar (gullarni yuladi, barglarni to‘playdi) bilan qiziqadi.
|
tana a’zolarini ko‘rsatadi va ularning funksiyasini biladi;
predmetlarning taktil xususiyatlarini biladi (yumshoq, qattiq, dag‘al, silliq);
predmetli rasmlar orqali jonli tabiat obyektlarining nomini biladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar);
tabiatning ayrim hodisalarini farqlaydi (yomg‘ir, qor).
|
BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT
|
bolaga turli obyektlarni boshqarish imkonini berish;
bolani bir-biriga mos o‘yinchoqlarni jamlashga qiziqtirish — qo‘g‘irchoq kiyimi qo‘g‘irchoqqa mos kelishi, bolaga atrofdagi yangi narsalarni ko‘rsatish va uning munosabatini kuzatish;
yangi obyektlarni qo‘llagan holda bola bilan o‘ynash;
turli hayvonlar turli tovushlar chiqarishini namoyish qilish.
|
bola bilan toza havoda, fermada (uy hayvonlari), hayvonot bog‘ida sayr qilish;
ob-havo va hissiyotlar haqida so‘zlashish;
yomg‘ir yoki qor vaqtida bola bilan qor parchalari yoki yomg‘ir tomchilarini kuzatish;
ko‘lmakka sakrash, qordan shakl yasash;
varrak uchirish, biror-bir obyektni uzoq kuzatish.
|
turli fakturali predmetlarni ushlab ko‘rishni va nomini aytishni taklif qilish;
barglar, cho‘plar, toshlar yig‘ish;
hududda qush va hasharotlarni, akvariumda baliqlarni, ariqda yoki ko‘lmakda suv harakatini kuzatish;
tabiat hodisalarini kuzatish, qor, ko‘lmak, quyoshli quyonchalar, qum, suv va soya bilan o‘ynash.
|
|
Dostları ilə paylaş: |