mustaqil qo‘li, yuzini yuvadi, tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi;
taroq va dastro‘mol yoki salfetkadan foydalanadi;
ovqat vaqtida mustaqil qoshiqdan foydalanadi, ovqatdan so‘ng og‘zini chayadi;
xonada tartibni saqlaydi, o‘zidan keyin o‘yinchoqlarni yig‘ishtiradi;
mustaqil hojatxonaga boradi;
xavfli bo‘ladigan predmetlarning farqiga boradi.
|
vitaminlar va sog‘lom ovqatlanish foydasini biladi;
ovqatlanish oldidan qo‘lini yuvadi;
sanchqidan to‘g‘ri foydalanadi;
o‘z tashqi ko‘rinishini tartibga keltiradi;
hojatxonadan so‘ng o‘z-o‘ziga xizmat qiladi;
yordam so‘ray oladi;
xavfli bo‘lgan predmetlar, joylar va moddalar nomini biladi (zinapoya, boloxona, ochiq oyna, issiq suv, olov, dori, o‘tkir asboblar, elektr);
notanish insonlar bilan ketish mumkin emasligini tushuntiradi;
qanday qilib gavdani to‘g‘ri tutish kerakligini tushuntirib bera oladi.
|
shaxsiy gigiyenaga rioya qiladi;
stol atrofida ovqatlanish madaniyatiga rioya etadi;
vitaminlar va ularning taomdagi foydasini biladi;
salomatlik haqida qayg‘urish muhimligini anglaydi;
asosiy tana a’zolari va ularning funksiyalarini biladi;
piyodalar uchun asosiy yo‘l qoidalarini biladi;
suv ichish foydasini anglaydi va mustaqil suv ichish rejimini bajaradi;
xavfsiz xatti-harakatning asosiy qoidalarini biladi va ularga rioya qiladi;
yordam zarur bo‘lganda kattalarga murojaat qilish kerakligini biladi;
xavfli faoliyatlar nomini aytib beradi: xavfli joylarda o‘ynash (mashina qatnovi yo‘laklarida, qurilish yaqinida, notanish suv havzalarida, ko‘l, oqar suvlarda cho‘milish), velosipedda mashina qatnovi yo‘llarida.
|
o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor beradi;
jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo);
bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;
yong‘in xavfsizligi — 101; milliy gvardiya — 102; tez yordam — 103; gaz xizmati — 104; qutqaruv xizmati 1050-telefon raqamlarini biladi;
xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi;
supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.
|