kitob haqida tushunchaga ega;
kattalardan kitob o‘qib berishlarini so‘raydi;
o‘z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi;
kitobdagi rasmlar va so‘zlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi;
rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi.
|
tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol beradi;
rasmlar asosida tinglagan asarining asosiy o‘rinlarini gapirib bera oladi;
badiiy asardan parcha tinglagandan so‘ng asar nomini ayta oladi;
o‘z yoshiga mos she’rlarni yoddan biladi;
kitobdan ehtiyotlab foydalanadi.
|
so‘zdagi birinchi tovushni biladi;
kitobni mustaqil tomosha qiladi;
tovushlarni farqlaydi;
so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ladi;
so‘zlarga qofiya kelishtiradi;
nutqning dialogik shaklini qo‘llaydi, savollar beradi;
she’rlarni yod oladi va ifodali o‘qiydi;
sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi;
ifodalilikning ohang vositalarini to‘g‘ri qo‘llaydi;
harflarga tegishli so‘zlarni topadi.
|
boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi;
sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi;
so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;
bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi;
so‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega;
peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi;
bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, hikoya);
mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi.
|