2-3 obyektdan rasm tuzadi;
varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi;
harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarning shaklini biladi va farqlaydi;
yirik munchoqlarni ipga teradi;
yozishga harakat qiladi.
|
chiziq, belgi, ilgaklarning sodda namunalarini qayta chiza oladi;
predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi;
rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi;
shablonlarni shtrixlaydi;
mayda qismlardan iborat konstruksiyani yig‘adi;
o‘rta munchoqlarni ipga teradi;
aniq belgilangan chiziq asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi;
belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis yirtadi;
ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi.
|
chiziq, ilgak va gajakcha yozadi;
qog‘ozni turli usulda taxlaydi (origami);
namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi;
barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi;
rasmlarni tekis shtrixlaydi;
turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada);
soch o‘radi;
mozaika yig‘adi.
|
qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;
daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;
qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;
matodagi rasmni to‘qiydi;
“o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi;
turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
|