1 republic of uzbekistan ministry of higher and secondary specialised education



Yüklə 446,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/237
tarix11.10.2023
ölçüsü446,38 Kb.
#153531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
14162 2 623763D102D5181011B06211C155F64F83734B36

D.I.Xodjayeva 
Doctor of Philosophy (PhD), Associate Professor 
 
 
 
Approved for publication by Order No. 257 of the Ministry of Higher and 
Secondary specialised Education of the Republic of Uzbekistan dated August, 02, 
2022. The textbook is registered with certificate No.257-061. 
 



S
O‘ZBOSHI
 
Ingliz va oʻzbek tillarining qiyosiy tipologiyasi filologiya 
fakultetlarida oʻqitiladigan fan boʻlib, bu yerda bakalavrlar uchun 
(5111400 ‒ Chet tillari va adabiyoti (ingliz tili va adabiyoti) 
mutaxassisligi boʻyicha) ingliz tili oʻqitilishi inobatga olingan. Mazkur 
kitobda ingliz va o‘zbek tillarining genetik va tipologik xususiyatlari 
qiyosiy jihatdan tahlilga tortilgan, ya’ni bir-biriga qarindosh 
bo‘lmagan, ammo ijtimoiy hayotda hamisha o‘zaro kesishib turuvchi 
bu ikki til o‘rtasidagi mavjud farqlar va o‘xshashliklar tizimli ravishda 
aniqlangan. 
Tipologik xarakterdagi ishlar ichida professorlar J.Bo’ronov, 
Y.K.Yusupov va M.I. Rasulova tomonidan amalga oshirilgan ingliz, 
rus va o‘zbek tillarining qiyosiy tipologiyasiga bag‘ishlangan 
umumlashmalar e’tiborga molik. Qiyosiy tipologiyada, ayniqsa, 
J.Bo‘ronovning alohida xizmatlari bor. Olim ikki yoki undan ortiq aniq 
tillar tizimlarini, ularning o‘ziga xos kategoriyalarini solishtiradi va 
solishtirma tillar tizimidagi til hodisalarini qiyoslaydi, bu fanning 
o‘ziga xos tipologik qoida va qonuniyatlari borligini e’tirof etadi. 
O‘zaro bir til oilasiga mansub bo'lmagan tillarni sathlararo 
yondashuvdan foydalangan holda taqqoslash jarayonida tipolog tahlilga 
tortilgan tillarning barcha sathlariga xos xususiyatlarini aniqlashga 
muvaffaq bo‘ladi. 
Qiyosiy tipologiya sohasidagi tadqiqot jarayonida olingan 
natijalardan lingvistik universaliyalar va muayyan tipologik qoida 
hamda qonuniyatlarni yaratishda foydalaniladi. 
Ma’lumki, o‘zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga 
mansub, tipologik agglyutinativ tildir. Ingliz tili esa hind-yevropa tillari 
oilasiga mansub german tili boʻlib, tipologik jihatdan flektiv, 
analitiklikka moyil, chunki tarixiy taraqqiyot jarayonida chuqur flektiv 
qadimgi ingliz tili oʻzining boy kelishik va moslashuv tizimini 
yoʻqotgan, uning kompensatsiyasi predloglar va analitik shakllarning 
boy tizimidan foydalanish orqali amalga oshiriladi, bunda grammatik 
ma’no yordamchi so'zlarning to’liq leksik ma’noga ega bo’lgan so'zlar 
bilan o’zaro birikishi va jumladagi so'z tartibi yordamida ifodalanadi. 
Kitobda tillarning qiyosiy tipologiyasi haqida nazariy tushuncha 
berilgan, flektiv, aglyutinativ, izolyativ, polisintetik (inkorporativ) va 



agglyutinativ-flektiv tillarning batafsil tavsifi, ularning differentsial va 
universal xususiyatlari, turdosh va qarindosh bo‘lmagan tillarni 
solishtirish usullari, fonema, morfema va affiksal morfemalarning 
o’zak morfemalarga qoʻshilish texnikasi, nol morfema va 
allomorflarning differensial va oʻxshash xususiyatlari, sintaktik 
munosabatlarga nisbatan taqqoslanayotgan tillarning sintaktik sathdagi 
differensial va oʻxshash belgilari: kelishik, sintaktik aloqa, predikatsiya 
va sintaktik munosabatlar: iboralarni shakllantirish jarayonida 
kesishish, nazorat qilish va qo'shilish, gapdagi so'z tartibidagi farqlar va 
o'xshashliklar, taqqoslanadigan tillarning leksik sathidagi farq va 
o'xshash xususiyatlar, so'z yasalishi kabilar shular jumlasidandir. 
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida o‘zbek tili rus tilini tahlil qilishda 
qo‘llanilgan usullar asosida o‘rganilgan. Aksariyat hollarda esa rus tili 
tarkibida mavjud bo‘lgan lingvistik hodisalar o‘zbek tilining tuzilishida 
mustahkamlangan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgani o‘zbek 
tilining tafakkur va nutq jarayonida mavjudligini hisobga olgan holda, 
o‘zbek tilining tuzilishini o‘zi solishtirilayotgan tilga sathlararo 
yondoshgan holda funksional-tizimli usul yordamida o‘rganish 
imkoniyatini berdi.
O‘zbek tilining tuzilishini tahlil qilishga bunday yondashuv ingliz 
va o‘zbek tillari tuzilmalarida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, farq va 
lisoniy universaliyalarni aniqlash imkonini berdi. Shu o‘rinda 
ta’kidlash joizki, prof. Hamid G‘. Nigmatovning (filologiya fanlari 
doktori, o‘zbek substantiv tilshunosligi asoschisi, tilshunos-faylasuf va 
lingvodidakt) kognitiv-pragmatik (induktiv) metod asosida o‘zbek va 
chet tillarini qiyoslashni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi beqiyos. 
Mustaqillik yillarida tilshunoslikda yaratilgan yangi talqinlar 
ushbu kitobda mualliflar tomonidan tanlangan tipologik nazariya 
asosida ingliz va o‘zbek tillari tuzilmalarini tahlil qilish va solishtirish 
imkonini berdi, chunki tipologik nazariya cheklanmagan va tipolog 
tomonidan uning yangi qirralari tanlanishi mumkin. 
Kitob ingliz tili o‘qituvchilari uchun foydali bo‘lib, ta’kidlash 
kerakki, qiyosiy tipologiya chet tillarni o‘rganishda muvaffaqiyatning 
asosiy omili hisoblanadi. Chet tillarni o‘qitishning qiyosiy 
metodologiyasi nazariy asoschisi, taniqli lingvodidakt, professor Jamol 
Jalolov chet tillarni o‘qitishda kognitiv yondashuvni qo‘llaydi va chet 
tillarini o‘qitish metodikasi va qiyosiy tipologiya o‘zaro aloqadorligiga 
urg‘u beradi. Chet tilni o‘qitish masalalari ko‘pgina fanlarning



jumladan qiyosiy tipologiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Zero, 
qiyosiy tipologiya ikki tillilik, interferensiya, konvergensiya va 
divergensiya muammolari bilan shug‘ullanadi. 
Qiyosiy tipologiyadan amaliy fan sifatida foydalanish chet tillarni 
o`qitish metodikasi orqali amalga oshirilishi ahamiyatli. Tillar tizimini 
solishtirishda tipologiya har bir tilning tizimli xususiyatlarini 
belgilaydi. Metodologiya alohida toifalarni tushuntirishda qiyosiy 
tipologiyaning xulosalarini taqozo etadi. Qiyosiy tipologiya 
interferentsiya omillarini aniqlash jarayonida metodologiya bilan 
bog'liq. Talabalarning bolalikdan gapiradigan ona tili ular o'rgana 
boshlagan chet til tizimiga ta'sir qilmay qolmaydi. Bunda tillararo 
analogiya muhim rol o‘ynaydi. Chet tilni o‘quvchi ona tilisiga qiyoslab 
o‘rganish o‘quv jarayoniga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijobiy ta'sir shundaki, ona tilidagi bilim va ko'nikmalar analogiya uchun 
asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Salbiy ta'sir ona tilining chet tilni 
o'rgatish jarayoniga aralashishidadir, chunki chet tilni o'rganishda ona 
tili tizimi o'ziga xos lingvistik substrat bo'lib xizmat qiladi, bu esa 
o'rganilayotgan chet tilga ta'sir ko'rsatadi.
Kitob mualliflari yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ingliz 
va o‘zbek tillari tarkibidagi fonetik, fonologik, fonomorfologik, 
sintaktik, leksik o‘xshashlik va farqlarni, gap sathidagi o‘xshashlik va 
farqlarni ko‘rsatib berishga harakat qilishgan. Mazkur ishda quyidagi 
tipologik xususiyatlar keng yoritilgan: 
1) ingliz tilidagi prefikslar boy tizimining mavjudligini taqozo 
etuvchi boy predloglar tizimining mavjudligi; 
2) o‘zbek tilida suffikslarning boy tizimi mazkur tilda so’ngso’zlar 
mavjudligini taqozo etadi; 
3) o‘zbek tili grammatikasida otlarda egalik kategoriyasining 
mavjudligi; 
4) inglizcha otlarda egalik kategoriyasining yo'qligi; 
5) o‘zbek tilida gapda so‘z tartibi erkin ekanligi; 
6) ingliz tilida gapda so‘z tartibi barqaror ekanligi ; 
7) ingliz tilida artikllarning mavjudligi va mazkur til birligining 
o’zbek tilida berilish usullari;
8) o’zbek tilida otltarda , sonlar, otlashgan sifatlar , olmoshlar, 
sifatdoshlar va harakat nomida kelishik kategoriyasining mavjudligi; 
ravish yasashda ham kelishik formalaridan foydalanilishi;
9) ingliz tilida mazkur lisoniy hodisaning yo’qligi va hokazolar 



Taqqoslangan tillarning bu xususiyatlari kitobning nazariy va 
amaliy (seminarlar uchun) qismlarida yoritilgan. Nazariy va amaliy 
(seminar) materiallarni mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlar 
majmuyi "O'z-o'ziga ta'lim" bo'limida keltirilgan. Mustaqil ta'lim uchun 
testlar, oraliq va yakuniy nazorat savollari, lingvistik tipologiya va 
qiyosiy tipologiya sohalaridagi taniqli olimlar, tilshunoslar va 
lingvodidaktiklarning hissalari xususidagi ma’lumotlar ham berilgan. 

Yüklə 446,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin