k1 < k2 < ... < kn < ...
{ } { } { }
Ta'rif. Agar
xn ketma-ketlik berilgan bo'lsa,
xkn n∞=1 ketma-ketlik
xn ketma- ketlikning qismiy ketma-ketligi deyiladi.
{ } { } { }
Masalan,
x2n−1 va
x2n ketma-ketliklar berilgan
xn ketma-ketlikning har xil, ya'ni biri toq nomerdagi va ikkinchisi juft nomerdagi, elementlaridan tashkil topgan ikki qismiy ketma-ketliklaridir.
Ta'rif. Agar {
xn} ketma-ketlikning
a soniga yaqinlashuvchi {
xkn } qismiy ketma- ketligi mavjud bo'lsa,
a son {
xn} ketma-ketlikning qismiy limiti deyiladi.
2.4.1 - Misol.
xn = (−1)
n bo'lsin. U holda juft nomerli
x2n = (−1)
2n = 1
qismiy ketma-ketlik 1 soniga yaqinlashadi, toq nomerli
x2n−1 = (−1)
2n−1 = − 1
qismiy ketma-ketlik esa −1 soniga yaqinlashadi. Shuning uchun 1 va −1 sonlar
{
xn} ketma-ketlikning qismiy limitlari bo'ladi.
Endi ketma-ketlik uchun limit nuqta tushunchasini kiritamiz. Dastlab, yozuvni soddalashtirish maqsadida, quyidagi atamalashga kelishib olaylik.
{ }
Faraz qilaylik,
E - sonlar o'qining ixtiyoriy qismiy to'plami va {
xn} - biror ketma-ketlik bo'lsin. Agar shunday cheksiz ko'p turli nomerlar topilsaki,
xn
{ }
ketma-ketlikning bu nomerlarga mos kelgan elementlari
E to'plamga tegishli bo'lsa, biz
E to'plamda
xn ketma-ketlikning cheksiz ko'p elementlari yotadi deymiz.
{ − }
Bu kiritgan ta'rifimiz to'plamlar nazariyasida qabul qilingan an'anaviy atamadan farq qiladi. Misol uchun, agar
E to'plam faqat bitta
x = 1 nuqtadan iborat bo'lsa, to'plamlar nazariyasi nuqtai nazaridan, u cheksiz ko'p nuqtaga ega bo'la olmaydi. Ammo, yuqoridagi kelishuvga ko'ra,
E to'plamda ( 1)
n ketma-ketlikning cheksiz ko'p, ya'ni barcha juft nomerli elementlari yotadi.