1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha


Tabiiy qattiq yoqilg‘ini asosiy turlarining ko‘rsatkichlari?



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə8/18
tarix28.11.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#168510
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha-fayllar.org

16 .Tabiiy qattiq yoqilg‘ini asosiy turlarining ko‘rsatkichlari?
Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yoqilgʻisi paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilgʻi —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q
17. Shartli yoqilg‘i deb nimaga aytiladi?
Shartli yoqilg`i deb 1 kg toshko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan С (7 mln kal) energiyaga aytiladi. Uning issiqlik koeffitsient darajasi 1 ga teng. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg toshko‘mirning issiqlik koeffitsienti, ya’ni 1 ga qiyosan baholanadi (1-jadval).
Issiqligi (kaloriyasi) kam bo‘lgan yoqilg‘ilar (torf, slanes, qo‘ng‘ir ko‘mir) qazib olingan joyda foydalanilishi maqsadga muvofiq. Chunki ular uzoq masofalarga tashilganda qimmatga tushadi. Shu sababli ular mahalliy yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i boyliklarining qiymati faqat kaloriyasigagina bog‘liq bo‘lmay, foydalanish imkoniyatiga, qazib chiqarish xarajatiga ham bogiiq. Eng tejamli yoqilg‘i neft va gazdir, chunki ulami qazib chiqarish va ishlatiladigan joyga quvurlar orqali yuborish arzon tushadi. Shunga ko‘ra turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish va undan foydalanish ko‘lami davriy o‘zgarib turadi.
Turli xil yoqilg‘ilami qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati yoqilg‘i-energetika balansi deyiladi

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin