40.Elektr qarshilik pechlarida bilvosita va bevosita qizdirish. Bilvosita qizdirish paytida elektrenergiyasining issiqlikga aylanishi yuqori ichki qarshili
kga ega bo‘lgan va issiqlikga chidamli maxsus qizdirish elementlarida amalga oshiriladi.
Yuqori haroratlargacha qizigan elektr elementdan issiqlik qizdiriladigan buyumga nurlan
ish, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan beriladi. Elektr qizdirgich yordamida yuqori haroratgacha qizdirilgan pechning o‘tga chidamli devorlari buyumga issiqlikni qisman nurlanish yo‘uli bilan beradi. Qizdirish elementlari nixrom, karborund, grafit, volfram, molibden kabimateriallardan yasalsa, 300-4000C dan to 30000C gacha haroratlarga erishish mumkin. Bundan tashqari, yuqoridagi materiallar qo‘llanilganda ishchi kamerada oksidlanish, tiklanish jarayonlarini amalga oshirish va neytral hamda vakuumli atmosferani yaratish mumkin bo‘ladi.
Pech iste’mol qiladigan quvvat quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
N= QSEK = 0,001 I2 R, kVt (4.1)
bunda: QSEK- pechdaajralibchiqadiganissiqlikmiqdori, Vt;
I - tok kuchi, A; R- qizdirish elementining qarshiligi, Om
Bevosita qizdirish
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qizdirish usuli qo‘llanilganda qizdiriladigan buyumdan tok utishi natijasida unda issiqlik hosil buladi (4.1-rasm). Qizdiriladigan buyumning hajmida issiqlikning hosil qilinishi issiqlik yo‘qotilishlarini keskin kamaytirish imkonini beradi, shuning uchun qizdirishning bu usuli yuqori foydali ish koeffitsientiga ega. Kontaktli qizdirish yordamida uzun detallar, masalan prujina uramlari tayyorlanadigan metall chiviqlari qizdirib yumshatiladi.
http://fayllar.org