52-savol.Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog kimga nasib etgan
Javob:L.S.Vigotskiyga
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 185-bet
53-savol.Kim tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so‘z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta'kidlaydi.
Javob:M.V.Gamezo
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 191-bet
54-savol. Bu shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Savol bu qaysi operatsiya turi?
Javob:Sintez
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 194-bet
55-savol. Konkretlashtirish nima?
Javob:Hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 197-bet
56-savol. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr nima deb ataladi.
Javob:Hukm
Manba: Xaydarov, Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik) Toshkent-2009 198-bet
57-savol.Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm qanday turlarga bo‘linishi mumkin:
Javob: Hukmlar sifatiga ko‘ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm; Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz'iy, xususiy va umumiy hukmga; Hukmlarning munosabatiga ko‘ra: shartli, ayruvchi, va qat'iy hukmlarga; Hukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |