1-Seminar: suzish texnikasini takomillashtirish va o’rgatishda maxsus sport mashqlari. (Ko‘krakda krol usulida suzish texnikasi)2 Soat



Yüklə 22,94 Kb.
səhifə5/10
tarix06.05.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#108790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Seminar suzish texnikasini takomillashtirish va o’rgatishda m

Dastlabki holat. Oyoq navbatdagi zarbli harakatini tugatadi, to‘g‘rilandi, panja 30–40 sm chuqurlikda bo‘ladi. Oyoq uchlari cho‘zilgan,gorizontal chiziq va oyoqlar oralig‘dagi chiziq–o‘tkir burchak, taxminan, 20 daraja. Ana shunday dastlabki holatdan oyoq harakatining yuqoriga tayyogarlik harakati boshlanadi.
Tayyorgarlik harakati. Oyoq harakatining birinchi qismi to‘g‘ri bajariladi. Buning hisobiga tez pastga harakatlanadi. Shu vaqt to‘g‘rilangan oyoq gorizontal holatda, boldir pastga harakatlanadi. Tizza va panja yuqoriga harakat bajaradi. Natijada qarama-qarshi oyoq tizza bo‘g‘imidan bukiladi. Panja suvning ustki qismida tayyorgarlik harakati tugallanadi.
Qo‘l harakati. Qo‘l harakati navbatma-navbat bajariladi. Bu texnikaning kam sarfliligini va moyilligini ta’minlaydi. Xuddi, navbatma-navbat ish tanaffus-siz ko‘p vaqt jarayon orasi tortishish kuchini yaratishga imkon berganidek, harakatni bir qismdan ikkinchi qismga «yumshoq» uzatadi.
Krol usulida qo‘llar asosiy siljituvchidir.
Harakat fazasi. U quyidagi fazalardan iborat: «ushlash», «tortishish», «depsinish», «qo‘llarni suvdan chiqishi», «suv ustidagi qo‘llar harakati», «qo‘llarning suvga botishi» kabi.
Qo‘llarning suvga botishi eshishga tayyorgarlikni tugallaydi. Suvga, dastlab, kaft, tirsak, so‘ng yelka botadi. Kaft barmoqlari yozilgan va birlashgan holda suvga botadi.
Qo‘llar suvga botishi bilan, ushlash fazasi boshlanadi. Bufaza kuch bilan qisqa davr mobaynida bajariladi. Dastlab, qo‘l oldinga-pastga va qisman yon tomonga harakatlanadi. Birinchi qo‘lning harakat fazasini bajarishi, ikkinchi qo‘lning eshishni tugallashiga to‘g‘ri keladi.Faza davomiyligi–0,06–0,30 s.
Tortishish fazasi–qo‘llarning yelka kamarida faol aylanishi bilan boshlanadi. Suzuvchi suvga kaft bosimini oshiradi. Bajarilayotgan harakat
yo‘nalishi o‘zgaradi va orqaga–ichkariga–pastga bajariladi.
Tortishish fazasining boshlanishida qo‘l tirsak bo‘g‘imidan 130–150 daraja bukilgan, tortishish oxirida burchak 90–100 darajani hosil qiladi. Fazaning boshlanishida kaft frontal yassilikda 45 daraja, burchak ostida, fazaning oxirida kaft nisbatan frontal holatda bo‘ladi.
Tortishish fazasining davomiyligi 0,20–0,35 s.

Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin