1. shamollatishning ko’rinishlari va uning qurilmasi. Ishlab chiqarishda isitish. Isitish sistemasining ko’rinishlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/11
tarix15.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kuzovni shamollatish va isitish tizimi

Havo almashuvini aniqlash. SHamollatishni loyihalash xonalarda yoki ish joylarida havo almashuvini aniqlashdan boshlanadi. Bunda klimatik zona, yilning fasli, havo muhitidagi ortiqcha issiqlik, namlik, gazlar, changlar va boshqalar hisobga olinadi.
Agar xonadan bir vaqtda bir necha zararli moddalar ajralib bir yo’nalishga yo’nalayotgan bo’lsa umumalmashinuv shamollatish hisobi har bir moddani xavfsiz konsentrasiyagacha tushirish uchun zarur havo hajmlarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Agar bir vaqtda xonadan har tomonga yo’nalgan bir necha zararli moddalar ajralayotgan bo’lsa, havo almashinuvi ularni har biri uchun alohida hisoblanadi va so’ng shamollatishni hisoblashda yuqorida bajarilgan hisoblarni eng katta qiymati qabul qilinadi.
Normal mikroiqlimli xonalar va zararli moddalar bo’lmagan yoki zararli moddalarni havodagi miqdori ruxsat etilgan normada bo’lgan xonalarda, havo almashinuvi ishlovchilar sonini pi bir ishchiga norma bo’yicha to’g’ri keladigan havo miqdoriga Wm ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
YA’ni
W=niWm m3 /soat (9.1.)
Xonadan gaz va chang ko’rinishidagi zararliliklarni chiqarish uchun havo almashinuvi Wgch

Wgch=Vgch/(Vxx-Vxk) (9.2.)




bu yerda Vgch-xonadan ajralayotgan zararli moddani miqdori, mg/soat;
Vxx -xona havosidagi zararli moddalarni ruxsat etilgan miqdori, mg/m3; Vxk-xonaga kirayotgan havo tarkibidagi zararli moddaning miqdori, mg/m3.
Bo’yoq ishlarida ajralayotgan zararli bug’ va yerituvchilarning Vb.yer miqdori( g/soat)
Bb.yer=0,01Smyer qc , (9.3.)

bu yerda S-buyumning bo’yaladigan yuzasi maydoni, m2; myer -bo’yoqdagi uchuvchi yeritmalarning hissasi, % ; qc-1 m2 buyaladigan yuzaga lak, bo’yoq materiallarini sarfi (purkashda qc =60 - 90 g/m2 yoki shyotka bilan bo’yashda qc =100 - 180 g/m2),


Ichki yonuv dvigatellari ishlaganda havoga ajralib chiqadigan zararli moddalarning Vdv (uglyerod oksidi, azot va aldegid oksidlari) miqdori ( kg/soat).


Vdv =(A1+B1Vdv) qx t/6000, (9.4.)


bu yerda A1 va B1 teng koeffisientlar: karbyuratorli dvigatellar uchun A1=9, B1=12; dizel dvigatellar uchun A1=160, B1=13,5; Vdv-dvigatel silindrlarining ishchi hajmi, l; qx-ishlangan gazlardagi zararli moddalarni hajmiy hissasi (karbyuratorli dvigatellar uchun-uglyerod oksidi – 4…6 %, dizel dvigatellari uchun uglyerod oksidi 0,05…0,07 %, azot oksidi 0,007…0,009 %, aldegid oksidi 0,035…0,050 % qabul qilinadi); t-dvigatelning ish vaqti.
Ayrim qishloq xo’jalik ishlab chiqarish xonalarida, masalan temirchilik xonasida, oziqa sexlarida, issiqxonalarda va shunga o’xshashlarda ortiqcha issiqlik ajralishi kuzatiladi.
Ortiqcha issiqlikni chiqarish uchun havo almashinuvi Wi (m3/soat)


Wi =3,6Qopt/C rBH(tBB-tBH), (9.5.)


bu yerda Qort-xonadagi manbalardan ajralgan ortiqcha issiqlikning umumiy miqdori, Vt; S-quruq havoning issiqlik sig’imi (taxminan 1 j/kg kalloriyaga teng); rvn-xonaga kiradigan havo zichligi kg/m3, tvv-davlat standartiga mos holda xona harorati, °S; tvn-tashqi havoning hisobiy harorati,°S.


Tabiiy shamollatish. Sanitar normalarga mos holda barcha xonalar tabiiy shamollatish mo’ljallangan bo’lishikerak. Xonada havoning tabiiy harakatlanishi havodagi zichliklarning farqiga ko’ra va tashqi havo bilan ichki havo bosimi farqlari hisobiga yuz beradi (9.3.-rasm).

9.3.-rasm. Havo zichligi har xilligi hisobiga amalga oshadigan havo almashish sxemasi.

Tabiiy shamollatish xonalarning chiqarish kanallari, shaxtalari va darchalari orqali amalga oshiriladi. Bular o’z navbatida, xonadan kata hajmdagi havoni chiqarish va unga kiritishni mexanik shamollatkichlarsiz amalga oshiradi va bunday tashqari u mexanik shamollatish sistemasidan arzondir. Tabiiy shamollatish issiq sexlardan ortiqcha issiqlikni chiqarishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi.





rasm. SHamol yon tomondan bo’lganda bino ayerasiyasi.


Bu shamollatishning kamchiligi haroratiga, shamolning kuchi va yo’nalishiga, tabiiy havo almashinishi qurilmalarini ishlash xarakteriga ko’ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo’linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo’nalishini miqdorini rostlovchi moslamalar o’rnatilgan bo’lsa, bunday shamollatish sistemasi tashkillashtirilgan deb ataladi.


Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida deflektorlardan foydalaniladi. U shamollatish kanallarining yuqori qismiga o’rnatiladi. Havo oqimi deflektor orqali o’tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo’ladi va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi:


D=0,0188 , (9.6.)


bu yerda Wd-deflektorning ish unumdorligi, m3/s; -havoning deflektordagi tezligi, m/s. Hisob ishlarida =(0,2-0,4) x qabul qilinishi mumkin. Bu yerda x -havoning tezligi, m/s.
Tabiiy havo almashinish qurilmalarining ishlashi samaradorligi ulardan qanchalik to’g’ri foydalanish darajasiga bog’liq. SHuning uchun tabiiy havo almashinish qurilmalarining elementlari o’rnatilib bo’lingach, ular sinovdan o’tkazilishi lozim. Buning uchun havo almashinishi ko’zda tutilgan kanallar va tuynuklar ochib qo’yiladi hamda ularning yuzasi aniqlanadi. Havo o’tish yo’lining o’rtasiga anemometr o’rnatilib, havoning tezligi o’lchanadi. SHamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha topiladi:


WT=3600 an.x SXT , (9.7.)


bu yerda an.x-anemometr ko’rsatishi bo’yicha havoning tezligi, m/s; SXT –havo o’tish tuynuklarining umumiy yuzasi, m2.
Sinashning umumiy davomiyligi sexdagi turg’un texnologik jarayonida 1,5…2,0 soatni tashkil etishikerak.
Havoning namligi tuynukda o’rnatilgan psixrometrlar yordamida aniqlanadi. Xonaga har xil tuynukdan kirayotgan havoning namligi bir xil bo’lganligi sababli u bitta psixrometr bilan o’lchanadi, xonadan chiqayotgan havoning namligi esa bir nechta psixrometr bilan o’lchanadi.
Xonaga kirayotgan va chiqayotgan havoning massasi Gx (kg/soat) tekshirishlar natijasi asosida quyidagiga aniqlanadi:
Gx=W1 , (9.8.)


bu yerda rx-xonaga kiritilayotgan yoki chiqarilayotgan havoning zichligi.






9.5.- rasm. Ejektor:
1-naychi quvuri. 2-havoni engillashti-rish kamyerasi. 3-havoni aralashtiruvchi kamyerasi.



9.6.-rasm. Siklon.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin