101
Hindiston 1945-2002 yillarda
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Hindistonning iqtisodiy ahvoli. Milliy ozodlik
kurashining o'sishi va mustaqillikning qo'lga kiritilishi.
Ikkinchi jahon urushi xalqaro vazmyatda ham Hindistonning ichki siyosiy
ahvolida ham tub o'zgarishlarga olib keldi. Fashistlar Germaniyasi va militoristik
Yaponiyani tor-mor keltirishi, Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida milliy
ozodlik harakatlarining qudratili to'lqini Hindistonga ulkan ta'sir ko'rsatdi.
Hindiston xalqlari uchun urushdan keyingi yillar katta qiyinchilik va sinovlar davri
bo'ldi. Urush yillarida o'tkir inqirozga uchragan qishloq xo'jaligi uchun oxiriga kelib
tushkunlikni boshdan kechirmoqda edi. Ocharchiliklar mamlakatning bir qator eng
muhim rayonlarini qamrab oldi. Oziq-ovqat va sanoat mollarining yetishmasligi narx-
navoning sezilarli darajada o'sishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning umumiy
miqdorini kamayishi, shuningdek, harbiy korxonalarning yopilishi natijasida o'n
minglab ishchilar ko'chada qoldilar. Urush yillarida 2 mln dan ortiq hind askarlari
harakatdagi armiyada bo'lib, urushdan keyin demobililizatsiya qilingan askarlarning
katta qismi ish topa olmay ishsizlar sarmoyasini ko'paytirdilar.
Hindistonning mustaqil rivojlanish tendentsiyasi va Angliyaning mustamlaka
xukmronligi o'rtasidagi asosiy ziddiyat shu qadar keskinlashib ketdiki, Ikkinchi jahon
urushidan keyin avj olib ketgan ozodlik harakati inglizlarning mamlakatdan quvib
chiqarish masalasini ko'ndalang qo'ydi. Bu harakatda hind aholisining asosiy
qatlamlari: milliy burjuaziya, ishchilar, dehqonlar ommasi, ziyolilar (o'quvchi
yoshlarning ko'p sonli otryadi bilan birga) birlashgan edilar. Bu harakatlarning har
birining milliy mustaqillikni himoya qilishda ishtirok etishining o'z sabablari bor edi.
102
Ikkinchi tomondan ingliz ma'murlari Hindistonda o'z mustamlakachilik
hukmronliklarini saqlab qolish uchun kurashda zamindorlarning katta qismi, knyazlar,
nomdor burjuaziya va aholining ba'zi qatlamlariga tayanadilar.
Mustamlakachilikka qarshi kurashning ko'tarilishi 1945 yilning boshida
boshlandi. Bu vaqtda inglizlarga qarshi yirik qo'zg'olonlar Bonores, Kalkutta,
Bombey va boshqa shaharlarda ko'tarildi. Harakat, ayniqsa, 1945 yilning noyabrida
uyushqoqlik va keng qamrov xarakter kasb etadi. Ular hind qo'shinlaridan Hindixitoy
va Indoneziyadagi ozodlik harakatini bostirish uchun foydalanishga qarshi norozilik
kompaniyasiga qo'shilib ketdi.
Milliy ozodlik harakati armiya va floti ham qamrab oldi. 1946 yilning fevralida
Bombeyda “Talvar” kemasida g'alayonlar boshlanib ketdi. Unga dengizchilarga qum
alalashgan guruch erishi bahona bo'lgan edi. 19 fevralda “Talvar”ga Bombey reydida
turgan va 12 ta o'nrgoq bazalarining boshqa kemalari qo'shildilar. Dengizchilar
qo'zg'oloni boshlangandan so'ng uni qushinlarning boshqa birlari vakillari, undan
keyin esa Bombey shahrining oddiy kishilari ham qo'llab quvvatladilar. Qo'zg'olon
bostirilgan bo'lsa-da, favqulodda katta ahamiyatga ega bo'lgan edi. U armiyaning
jipslashuvi va turli diniy jamoalar , millatlar va siyosiy harakatlarning (o'sha
bosqichda) birinchi namunasi bo'lib Hindistonda britan hukmronligining chuqur
inqirozidan guvohlik berdi. Natijada mustamlakachi ma'murlar 1946-1947 yillarda
ommaviy ozodlik harakatini bo'shashtirishga umid qilib bir qator siyosiy manevrlar
qilib ko'rdilar. SHu maqsadda 1946 yilning boshlariga Markaziy va prvintsiyala
qonunchilik organlariga saylovlar belgilandi. Mustamlakachi ma'murlar Hindiston
Milliy Kongresi bilan Musulmonlar Ligasi o'rtasida mojaro chiqarib va bu mojaroni
mamlakat siyosiy hayotining bosh muammosiga aylantirishga intildilar.
Saylovlarda birga aasosiy siyosiy xarajatlar ishtirok etdilar. HMK
Hindistonning to'la mustaqilligi uchun kurash shiori bilan saylovlarga kelgan bo'lsa,
musulmonlar ligasi Pokiston (“Poklar mamlakati”) uchun, ya'ni sobiq mustamlaka
103
Hindistoni huzurida musulmon davlati tashkil etish kurash shiori bilan chiqadi.
Natijada, HMK Bombey, Madras, Qo'shma provintsiyalar, Markaziy provintsiyalar,
Orrisa, Asem va boshqa provintsiyalarda mutloq ko'pchilik o'rinlarga ega bo'ldi.
Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilgan provintsiyalarda esa Musulmonlar ligasi
mutloq ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lmadi, chunki ko'p
musulmonlar mamlakatni bo'linishini istamas edilar.
Inglizlar muvaqqat hukumat masalasini musulmon munosabatlarini haddan
tashqari keskinlashuviga olib kelgan omilga aylantirdilar. 1946 yilning avgustida
HKM Javoxarlal Neru boshchiligida o'z muvaqqat hukumatini shakllantirdi.
Musulmonlar ligasi uning tarkibiga kirishdan bosh tortdi va to'g'ridan-to'g'ri Pokiston
uchun kurash boshlaganlini e'lon qildi. SHunday qilib, hind-musulmon munosabatlari
keskinlashib ketdi va bir qator qurolli to'qnashuvlarga aylandi.
1947 yil iyunida yangi vitse-qirol Lord Mauntbetten hokimiyatni Hindistonga
berish rejasini e'lon qiladi. Bunga ko'ra Hindiston diniy belgiga ko'ra Hindiston
Ittifoqi va Pokistonga bo'lindi. YAngidan tashkil qilingan davlatlar dominion
huquqini oldilar. Knyazliklarga ddominionlardekqaysi biriga kirishni o'zlari xal qilish
huquqi berildi. Mamlakatni dastlabki bo'linishi jarayonida siyosiy to'qnashuvlar va
hind-musulmon qirg'inlari, ayniqsa, Bengal va Panjobda qo'zg'atildi. Katta
miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlaridan hind rayonlariga va aksincha hind
rayonlaridan katta miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlariga o'tib ketdilar. To'la
bo'lmagan ma'lumotlarga ko'ra faqatgina Panjobda qirg'in va xunrezliklar qurbonlari
yarim millionga yetgan.
1947 yilning o'rtalariga kelib mamlakatni ikki dominionga bo'lish nihoyasiga
yetdi. 15 avgustda Hindiston mustaqilligi e'lon qilindi.
Mamlakatning davlat-huquqiy maqomining o'zgartirilishi uning tarixida mutlaqo
yangi sahifani ochdi. Ta'si majlisi o'z qonunlarini chiqarish vakolatini qo'lga kiritdi.
104
Birinchi mustaqil hukumat ish boshladi. Javoxarlal Neru Hindistonning birinchi bosh
vaziri bo'ldi.
Garchi Angliya Hindistonni bo'lib tashlash va uning kuchsizlantirish rejasini
amalga oshirish uchun mamlakatda diniy-jamoaviy adovatdan foydalanishga
muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, Hindiston yarim orolida ikki siyosiy muqobil davlatning
tashkil topishi ular xalqlarining rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichga
kirganligini bildirar edi.
Ikki davlatning iqtisodiy resurslari xaddan tashqari nomutanosib tarzda
taqsimlangan edi. Qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatining 90% Hindistonda
qolgan; Pokistonda esa Hindistonga nisbatan jon boshiga ikki barobar ko'p guruch
ishlab chiqarilardi. Djut va paxta yetishtiruvchi rayonlar Pokistonga o'tgan bo'lsa,
deyarli barcha to'qimachilik fabrikalari esa Hindistonda edi. Bunday holat (o'zaro
keskin munosabatlar bilan birga) shunday ham yuqori bo'lmagan ikki mamlakat
salohiyatini zaiflashtirar edi.
Ma'muriy
boshqaruvni
hindlashtirish
dominion
bilan
knyazliklarga
integratsiyasini ta'minlash va ya'ngi konstitutsiyani tayyorlash bo'yicha ishlar
Hindistonda yangi davlat hokimiyatining birligi navbatdagi vazifalari bo'lib qoldi.
Bir qadar murakkab vaziyat Jammu kanyaligida va musulmon aholisi zid bo'lgan
Kommir knyazligida yuzaga keldi. Bu knyazlikni Hindistonga qo'shilishi haqidagi
ahdnomaga alohida avtonomiya berar va uning kelajakdagi maqomi masalasini
muammoligicha qoldiradigan edi. Bu keyinchalik Hindiston va Pokiston o'rtasida bir-
biriga harbiy mojaroga sabab bo'lib hizmat qildi va shuningdek, hindlar va
musuklmonlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni kuchaytirdi. Hind tashkiloti a'zosi
tomonidan hind va musulmonlar birligini yo'lga qo'yish uchun kurashayotgan
Hindiston lideri Mohandas Kaaramgend Gandining o'ldirilishi 1948 yilning fojiali
voqealarining kulminatsion nuqtasi bo'ldi.
105
Ilgarigi mustamlaka konstitutsiyasidan tubdan farq qiluvchi Hindistonning
yangi konstitutsiyasini qabul qilinishi mamlakat suverentetini mustahkamlanishi
jarayoni ulkan voqea edi. Hindiston suveren demokratik respublika deb e'lon qilindi.
Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat xalq g'alabasi va SHtatlar kengashidan
umumhindiston parlamenti tashkil etildi. Konstitutsiya 1950 yil 26 yanvardan kuchga
kirdi va uning e'lon qilinishi Hindistonning siyosiy mustaqilligini uzil-kesil
mustahkamladi.
Javoharlal Neru davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar (1950-1960 yillar
birinchi yarmi).
Mustaqillikni qo'lga kiritgach, Hindiston ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi.
Mustamlaka davrida milliy ozodlikka erishish asosiy maqsad bo'lib, qolgan
muammolar esa ikkinchi darajali edi. Endilikda iqtisodiy qoloqlik, ochlikni bartaraf
etish, savodsizlik, ishsizlikni tugatish, agrar masalani xal qilish, ijtimoiy, milliy, diniy
va kastaviy qarama-farshiliklarni yechimini topish birinchi darajali vazifalar bo'lib
qoldi.
Iqtisodiy vazifalarni xal etish Javoxarlal Neru xukumati sanoatining davlat va
xusumiy sektorini uyg'un rivojlantirish yo'lini tutdi. Iqtisodiyotning davlat
kommunistik ijrosi asosini mustaqillikka qadar ingliz ma'muriyatiga tegishli bo'lgan
korxonalar - temir yo'llar, aloqa vositalari, yirik irrigatsion inshootlar,
elektrostantsiyalar, harbiy zavodlar tashkil etdilar. Sarmoyaviy fondiga ko'ra qariyb
davlat sektorida keng bo'lgan qolgan barcha korxonalar xususiy kompaniyalar
nazorati ostida qoldirildi. Maqsadli yo'naltirilgan qurilmalar ta'minlashga intilib Neru
hukumati rivojlanishning besh yillik resurslarini dasturlariga kiritishdi.
1956-1961 yillarga mo'ljallangan Ikkinchi rejani tasdiqlatish jarayonida
iqtisodiyotning milliylashtirilgan tarmoqlari davlat tasarrufida qolishi, intellektual,
ximiya, stanoksozlik, avtomobil va dengiz transportida davlat korxonalarining
hissasini ko'paytirishi haqida qaror qabul qilindi.
106
Davlat sektorini rivojlantirish va og'ir sanoat-korxonalarining qurilishi katta
qiyinchiliklar evaziga Hindiston iqtisodiy mustaqillikning asoslarini yaratdi, busiz
uning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash mumkin emasdi.
SHu bilan birga bu jarayonda byurokratiyaning o'sishi, bir qator korxonalarining
samaradorligi, besh yillik rejalarni bajarilmay qolishi, o'tkir ijtimoiy muammolarni xal
etishga mablag'larning yetishmay qolishi kabi salbiy holatlar ham paydo bo'ldi.
Hindistonni modernizatsiyalashga qaratilgan choralardan biri bu argrar islohotlar
bo'ldi. Qadim davrlardan hind jamiyati uchun zamindorlikning alohida ko'rinishi xos
bo'lib, bunga ko'ra zamindorer-joy bo'lish bilan birga, soliq tizimida davlat bilan
dehqon o'rtasida vositachilik vazifasini ham o'tab kelgan. Yer islohoti zamindorni
soliq yig'ish huquqidan mahrum qildi. Ijaralar tizimidagi islohotlar ham muvofiq.
Ishlov berilayotgan yerlarni sotib olish huquqiga ega bo'ldilar. Biroq zamindorlar yer
islohotiga qattiq qarshilik ko'rsatdilar, ular o'z yerlarida ishlayotgan ijarachilarni
qo'shimcha o'z yerlaridan xaydab yuborar, bundan boshqalari aksariyat ijarachilar
yerni sotib olish bahosi yuqori bo'lganligi uchun yerli bo'la olmas edilar.
Dehqonlarning yersizlik muammosi xal qilinmadi.
HMK tashqi siyosatining asosiy jihati harbiy ittifoqlarga qo'shilmaslik va yosh
mustaqil davlatlar bilan yaqinlashish bo'ldi. Javoxarlal Neru sobiq SSSR bilan
do'stona munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish yo'lini tutdt.
Dostları ilə paylaş: |