1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi



Yüklə 44,75 Kb.
səhifə3/37
tarix02.01.2022
ölçüsü44,75 Kb.
#45021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti

3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi

Kompyuterlar o'zining elementlar bazalari bo ‘yicha avlodlarga ajratilgan. I avlod (1945— 1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron 1ampalar ekanligi bilan harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab ogirlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming so‘zni(maiumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga “Ural-1”,"Ural-2", “BESM-1”, “BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. II avlod (1957—1968) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masalalarni yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bo‘ldi. Bu

avlod mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM-608”, “BESM-6” mashinalarini misol qilib keltirish mumkin. III avlod (1969— 1980) kompyuterlarining elementlar bazalari integral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, shu avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan( bu avlod xotira oichami xalqaro oicham baytlarda beriladigan boigan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) kompyuterlari -“EC 1010’7 ’EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-1050”,”EC-1060",’’EC-66" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin. IV- avlod (1981—1990) kompyuterlaming elementlar bazalari kata integral sxemalar (KlS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig hajmi 64M baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, “Elbrus” 1-KB,’’IBM PC” kabi kompyuterlarni ko'rsatish mumkin. 1990-yillardan boshlab kompyuterlaming elementlar bazalarini o ‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozir keng qoilaniladi. Ular elektron va yorugiik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga bir necha milliardgacha, doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb gacha kengaydi.

Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi.

Asosiy funksiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.

Qo‘shimcha funksiyalar esa asosiy funksiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o‘tilgan funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.



Yüklə 44,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin