8. Markaziy protsessorning tuzulishi bilan tanishish
Mikroprotsessor, boshqacha nomi - markaziy protsessor.
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) - kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga:
arifmetik-mantiqiy qurilmani;
ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;
registrlarni;
komandalar hisoblagichini;
kesh - kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar) saqlash qurilmasini;
nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
Dostları ilə paylaş: |