5. Kanalli va shinali sistemotexnika
Kanal-tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashinuviga imkon beradi. Shu tufayli ko’p dasturli rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bittadan ortiq bo’lgan chiqishga ega uzatish linyasi yoki signallarni uzatish muhitini shina deb atash mumkin. Oddiy kompyutyerda bir nechta ichki va tashqi shinalar, har bir protsessorda asosiy ma’lumotlarni va xotira manzillarini uzatish ikkita shinalar mavjud.Bular ma’lumotlar shinasi va manzil shinasidir. Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutiladi. Shinaga bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p kelib tushsa, vaqtning aniq bir intervalida, u orqali shuncha ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi.
Ma’lumotlar shinasining raryadliligi avtomagistral yo‘lidagi xarakat yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish trassadagi mashinalar oqimini orttirishga imkon tug‘diradi. Shunga o‘xshash, razryadlilikni orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi.
Kompyutyerdagi ma’lumotlar bir hil vaqt oralig‘ida raqamlar ko‘rinishida uzatiladi.
Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun, yo‘qori bosqichdagi kuchlanish signali jo‘natiladi (5 V atrofida), ma’lumotlarning nol bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish signali (0 bit atrofida) uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |