Sotsiologik so'rovnoma
1. Sizningcha, o‘zingiz faoliyat yuritayotgan OTM ning moddiy-texnik bazasini qanday darajada deb hisoblash mumkin?
- A) 1
- B) 2
- C) 3
- D) 4
- E) 5
2. Siz ishlayotgan OTM zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganmi?
- A) To‘liq ta’minlangan
- B) Etarli darajada ta’minlangan
- C) O‘rtacha ta’minlangan
- D) Zamonaviy o‘quv adabiyotlari etarli emas
- E) Zamonaviy o‘quv adabiyotlari yo‘q
3. Aytingchi, OTM tomonidan siz dars jarayonida foydalanadigan quyidagi qaysi jihozlar muhayyo qilingan?
- A) proektorlar
- B) monitorlar
- C) Lingofon jihozlari
- D) nusxa ko‘chirish va chop etish apparatlari
- E) zamonaviy kompyuterlar
- F) har xil laboratoriya jihozlari
- G) turli o‘quv qurollari
- I) Boshqa o‘quv qurollari
4. Sizning fikringizcha, siz faoliyat yuritayotgan OTM moddiy-texnik bazasini davr talablariga javob beradi, deb hisoblaysizmi?
- A) Ha, javob beradi deb hisoblayman
- B) Yo‘q, javob bermaydi
- C) Bilmayman
5. Aytingchi, o‘zingiz faoliyat yuritayotgan OTMda korrupsiya darajasini qanday baholash mumkin?
- A) Yuqori darajadagi korrupsiya
- B) Korrupsiya elementlari uchraydi
- C) Korrupsiya bor deb hisoblayman
- D) Umuman yo‘q
6. Iltimos, aytingchi, sizni OTMda o‘z faoliyatiningiz doirasidan chetga chiqishga, sizga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ullanishga undashganmi? Agar shunday holat yuz bergan bo‘lsa, marhamat qilib u haqida qisqacha bayon qilsangiz.
- A) Bunday vaziyatlarga duch kelmaganman
- B) Bunday holatlar bizning OTMda odatiy hol
- C) Bunday holatlar kam uchraydi
- D) Bunday vaziyatlarda o‘z tashabbusim bilan harakat qilganman
7. Sizningcha, OTM larda mehnat qonunchiligiga amal qilish darajasi qanday?
- A) 1
- B) 2
- C) 3
- D) 4
- D) 5
8. Professor-o‘qituvchilar kasbiy faoliyat samaradorligiga mahalliychilik va tanish-bilishlik salbiy ta’sir etadimi? Bu borada Sizning fikringiz qanday?
- A) To‘ppa-to‘g‘ri
- B) Qisman to‘g‘ri
- C) Javob berish qiyin
- D) Qisman noto‘g‘ri
- E) Mutlaqo noto‘g‘ri
9. Marhamat qilib aytingchi, kasbiy faoliyatingizda samaradorlikni oshirishda quyidagilardan qaysilarini to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida ko‘rasiz?
- A) Moddiy-texnik bazaning yaxshi emasligi
- B) Tanish-bilishlik
- C) Korrupsiya
- D) Ma’muriy buyruqbozlik
10. Aytingchi, siz faoliyat yuritayotgan OTMning xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini qanday baholaysiz?
- A) 1
- B) 2
- C) 3
- D) 4
- E) 5
11. Sizningcha, professor-o‘qituvchilarni chet ellarga stajirovkalarga yuborish yoki xorijiy OTMlar professor-o‘qituvchilarini taklif etgan holda o‘zaro fikr almashishlar, master-klasslar tashkil etish professor-o‘qituvchilar kasbiy faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?
- A) Professor-o‘qituvchining malakasi va kasbiy mahoratini oshiradi
- B) Ta’lim sifatining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi
- C) Hech qanday foydasi bo‘lmaydi
12. Marhamat qilib malaka oshirish kurslarining professor-o‘qituvchilar kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishdagi o‘rniga baho bersangiz.
- A) 1
- B) 2
- C) 3
- D) 4
- E) 5
13. Sizningcha, mavjud malaka oshirish tizimi professor-o‘qituvchilar kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladimi?
- A) Shubhasiz, xizmat qiladi
- B) Ma’lum darajada foydasi bor
- C) Shunchaki vaqtini oladi
- D) Umuman foydasi yo‘q
14. Ta’lim jarayonida va, umuman, professor-o‘qituvchining kasbiy faoliyatida zamonaviy AKTdan foydalanishning o‘rnini qanday baholaysiz?
- A) Foydalanish samaradorlikni oshiradi
- B) Chegaralanib qolishga va bog‘lanib qolishga sabab bo‘lib, kasbiy faoliyat samaradorligini tushiradi
- C) Professor-o‘qituvchi kasbiy faoliyatiga ta’sir etmaydi
15. Aytingchi, siz o‘z sohangizga oid zamonaviy metodlar va ilg‘or tajribani qaysi manbadan olasiz?
- A) Oliy ta’lim vazirligi rasmiy saytidan
- B) ZIYONET dan
- C) Youtube va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan
- D) Oliy ta’lim tizimidagi tanishlarimdan
- E) Boshqa manbalardan
16. Oxirgi savollarimizdan biriga javob bersangiz: mavjud kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish tizimini qanday baholaysiz?
- A) 1
- B) 2
- C) 3
- D) 4
- E) 5
17. Sizningcha, mavjud rag‘batlantirish mexanizmlari professor-o‘qituvchilarda quyidagi qaysi jihatlarni yuzaga chiqarishga sababchi bo‘lmoqda?
- A) yangi motivatsiyalar
- B) O‘z kasbi va faoliyatidan qoniqish hissini
- C) yanada chuqur bilim va kasbiy mahoratni egallashga intilish hissini
- D) norozilik kayfiyatini
- E) rag‘batlantirish olmaganman va bu haqda bilmayman
18. Marhamat qilib aytingchi, Professor-o‘qituvchilar kasbiy faoliyat samaradorligin oshirishga oid quyidagi qaysi takliflarni qo‘llab-quvvatlaysiz?
- A) Xususiy OTM lar sonining ko‘paytirilishi
- B) OTM larga yanada ko‘proq erkinlik berish
- C) Professor-o‘qituvchilarning xorijiy OTM larga stajirovkalarini tashkil etish
- D) Xorijiy OTM lardan malakali professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun chaqirish
- E) Ilmiy ishlar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va shu kabilarning yagona Milliy tizimini tashkil etish
- F) Ilmiy ishlarning milliy indekslar tizimini yaratish
- G) Prof-o‘qit.larni rag‘batlantirishda faoliyatini real hayot bn bog‘liqligiga, dolzarbligiga ahamiyat ber
19. Siz faoliyat yuritayotgan OTMdagi nufuzli xorijiy OTMlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish darajasini qanday baholaysiz?
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
20. Mavjud rag‘batlantirish mexanizmiga munosabatingiz
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
29 votes
20:15
21. O‘zingiz faoliyat yuritayotgan OTM da zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish darajasini qanday baholaysiz?
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
22. Boshqa OTMlar professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashish darajasiga munosabatingiz qanday?
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
23. Malaka oshirish tizimining kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishdagi roliga munosabatingiz
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
24. Oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurash tizimiga munosabatingiz
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
25. OTM larda mehnat qonunchiligiga amal qilish darajasiga munosabatingiz qanday?
- A) Umuman qoniqtirmaydi
- B) Asosan qoniqtirmaydi
- C) Qoniqtiradi desa ham bo‘ladi, qoniqtirmaydi desa ham
- D) Asosan qoniqtiradi
- E) Qoniqtiradi
26. Nechta xorijiy tilni bilasiz?
- A) 1 ta
- B) 2 ta
- C) 3 ta
- D) 4 ta
- E) 5 ta
27. Sizning jinsingiz?
- A) Ayol
- B) Erkak
28. Sizning yoshingiz?
- A) 18-35 yosh
- B) 36-45 yosh
- C) 46-60 yosh
- D) 60 yoshdan yuqori
29. Ilmiy darajangiz
- A) Ilmiy darajaga ega emasman
- B) Falsafa doktori (PhD)
- C) Fan doktori (DSc)
30. Oilaviy ahvolingiz
- A) Uylanganman/turmushga chiqqanman
- B) Bo‘ydoqman/turmush qurmaganman
31. Hududiy yashash sharoitingiz?
- A) Shahar, viloyat markazida
- B) Tuman markazida
- C) Tuman shaharchasida
- D) Qishloqda
Sizga taqdim etilayotgan ushbu so‘rovnoma anonim holda o‘tkaziladi. Sizning fikr va mulohazalaringiz ilmiy tadqiqot uchun ahamiyatli hisoblanib, umumlashgan tarzda tahlil etiladi. Siz ushbu so‘rovnomada ishtirok etishingiz orqali davlat va jamiyat qurilishi sohasida borayotgan islohotlarga o‘z hissasingizni qo‘shgan bo‘lasiz.
So‘rovnoma varaqasidagi barcha savollarni diqqat bilan o‘qing. Fikringizga mos keluvchi javob variantini tanlang. Tadqiqotimizda ishtirok etayotganingiz uchun sizga oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.