Boldir shikastlanishlari orasida katta boldir suyagi proksimal qismidan bugim ichidan sinishlarini, ikkala boldir suyagining alo-Xida diafiz qismidan sinishi, ikkala boldir suyagining diafizidan sinishi va boldir suyaklarining distal qismida sinishlari tafovut qilinadi. Yuqorida kayd qilingan xar bir gurux. shikastlanishlarining uziga xos diagnostika qilish va davolash usullari bor. Katta boldir suyagi dunglarining sinishlari 7-bobda "Tizza bugimining shikastlanishlari" bayon qilingan bu bobda boldir suyaklarining boshqa turdagi shikastlanishlariga tuxtalib utamiz. Kupincha, katta boldir suyagi bevosita teri ostida joylashganligi uchun suyak bulaklari bemorlarni kupollik bilan kutarish yoki notugri transportirovka qilishda terini teshib yuborishi mumkin, u xolda ikkilamchi Ochiq sinish kuzatiladi. Shu sababli birinchi yordam kursatish katta e'tiborni talab kiladi. Birinchi yordam. Agar sharoit bulsa, singan soxani yod, spirt yordamida tozalab suyak bulaklari orasiga 20 ml 2% novokain eritmasi yuborilib ogriqsizlantiriladi. Oyog panjalaridan to sonning yuqori uchdan birigacha shina bilan taxtakachlanadi, agar sinish boldir bugimida bulsa, tizza bugimigacha kuyiladi. Transport shinasi qul ostimizda bulmasa, boshqa urnini bosuvchi moslamalardan foydalanish mumkin. Bemorlarni transportirovka qilish oyogda shina kuyilgandan keyingina yotgan xolda bajarilishi lozim.