1. Sug`urtaning evolutsiyasi va iqtisodiyotdagi roli


Jahon mamlakatlarida sug`urta tizimi va uning xususiyatlari



Yüklə 57,29 Kb.
səhifə7/9
tarix07.10.2023
ölçüsü57,29 Kb.
#152955
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MADINABONU 21-07

4.Jahon mamlakatlarida sug`urta tizimi va uning xususiyatlari
Jahon sug`urta bozori Sug’urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko`lami va barcha jahon mamlakatlari miqyosida qo’llaniladi. Jahon sug’urta bozori o’z tarkibiga ko’ra rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug’urta kompaniyalardan tashkil topgan bo’lib, jahon miqyosida markaz jahon sug’urta tashkiloti huquqiy jihatdan bir butun assotsiatsiya sifatida shakllanmagan bo’lsa ham, lekin Yevropa miqyosida bunday yuridik assotsiatsiya mavjud. Bo’lar tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan.
Bunday assotsiatsiyalar faqat huquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki iqtisodiy jihatdan ham amalga oshirilmoqda. Bunday assotsiatsiyalarni shakllanishida qayta sug’urtalash muxim rol o’ynamoqda. Ushbu mavzuda bunday sug’urta birlashmalarining barcha turlari haqida ma`lumot berish qiyin, shu sababli ayrim mamlakatlar sug’urta tizimlari xaqida, asosan ularni tashkiliy tomonlari, boshqarish usullari bilan tanishib o’tamiz.
AQSH sug’urta biznesi uslubiy jixatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan bo’lsa ham jahon miqyosida to’tgan o’rni jihatidan tengi yo’q xisoblanadi. Uning sug’urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar sug’urta bozorining tahminan 50% ni nazorat qiladi. AQSH da 8000 dan ortiq mulk va 2000 ga yaqin hayotni sug’urtalash kompaniyalari faoliyat ko’rsatadi.
AQSH sug’urta tizimining o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, mamlakat miqyosida yagona birlashgan markaziy sug’urta boshqarmasi bo’lmasada, sug’urtani boshqarish xar bir shtat miqyosida tashkil qilingan va har bir shtatning o’z sug’urta qonunlari mavjud.
Birinchi hususiyati shundan iboratki, AQSH da 3 shakldagi sug’urta mavjud. Bularning birinchisi, Bikifit (shaxsiy sug’urtasi) bu sug’urta faqat shaxsiy sug’urtadan iborat bo’lmasdan, tibbiyot sug’urtasi, omonatlar, pensiya sug’urtasini xam qamrab oladi.
Ikkinchisi tijorat sug’urtasi xisoblanadi, u sanoat tarmoqlari bo’yicha tashqil qilinadi. Sug’urta turlarining umumiy ko’lami haqida gapirganda, barcha sug’urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trln. bo’lib, ushbu ko’rsatkich har bir kompaniya bo’yicha 950 mln. dollarni tashkil qiladi. Bular orasida 2 yirik sug’urta kompaniyasi bo’yicha aktiv 45 mlrd. dollarga teng keladi. Barcha sug’urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan tahlil qilinadi.
Bu tahlilda to’lanadigan qoplama, daromadlar va foyda koeffitsienti debitorlik qarzlari markaziy o’rin tutadi, tahlilda elektron bank markaziy o’rin tutadi.
Uchinchi hususiyati shundan iboratki, pensiya to’lovlari sug’urta kompaniyalarining obro’si yuqori bo’lganligi sababli pensiya ta`minotini boshqarish ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug’urta tashkilotlari tegishli xizmat xaqi oladilar. Bundan tashqari o’z mablag’laridan investitsiya maqsadlari uchun foydalaniladi.8
Sug’urta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashqiliy jixatdan sug’urta ishlari aktsiyadorlik jamiyatlari bilan xamkorlikda sug’urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayter va sug’urta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan Prodneshnl jamiyatida 22 ming sug’urta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerika Interneyshnl Grupp (AIG) sug’urta kompaniyalari jaxon miqyosida faqat sug’urta operatsiyalarinigina emas, balki kredit, xisob-kitob operatsiyalarini xam boshqaradilar.
Buyuk Britaniya sug’urta tizimi.
Buyuk Britaniya sug’urta bozorining markazi London hisoblanib, shaxar o’zining ko’p qirrali sug’urta faoliyati bilan jaxonda mashxur. Unda jahondagi yirik sug’urta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sug’urtalash bilangina emas, balki qayta sug’urtalash bilan xam shug’ullanadilar. Bular orasida «Lloyd» sug’urta kompaniyasi markaziy o’rin egallaydi.
Buyuk Britaniya sug’urta bozorining xususiyati quyidagilardan iborat:
1. Aholiga xizmat ko’rsatadigan pensiya, investitsiya kompaniyalari faqat avtomobillargina emas, balki boshqa uy-ro’zgor mol-mulklari, javobgarlik, fuqarolik sug’urta va sug’urtaning boshqa turlari bilan xam shug’ullanadilar.
2. Aktsiyadorlar jamiyati hamkorlik sug’urtasi yo’li bilan o’zlariga tegishli sug’urta turlarini amalga oshiradilar.
3. Sug’urta tashkilotlari orasida Lloyd sug’urta tashkiloti markaziy o’rinni egallaydi, unga 400 sug’urta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan boshqariladi. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sug’urta shartnomalari tuziladi.
4. Sug’urta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat departamentining sug’urta nazorat bo’limi nazorat o’rnatadi. Sug’urtaning ayrim turlari bo’yicha ruxsat olish uchun departament bo’limiga qator xujjatlar taqdim etiladi.
5. Qayta sug’urta hajmi cheklangan bo’lib, 10 dan 20% gacha olingan majburiyat hisobidan qayta sug’urtalanadi.
6. Savdo va sanoat departamenti huzurida sug’urtalanganlar xuquqini himoya qilish bo’limi bo’lib, bo’lim ihtiyorida mahsus fond tashkil qilingan, uning hisobidan zarar ko’rgan sug’urta tashkilotlariga dotatsiya beriladi.
7. Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urtasi mavjud. Transport, uy hayvonlari bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasb javobgarligi bo’yicha sug’urta shartnomalari tuziladi.
8. Moliyaviy hisobot auditor tekshiruvidan o’tadi.
9. Sug’urta tashkilotlari o’z foydasidan mol-mulk uchun soliq to’laydilar9.


Yüklə 57,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin