5.Aksiyadorlik shaklidagi sug'urta tashkilotlari Aksiyadorlik shaklidagi sug'urta tashkilotlarining faoliyati «Sug'urta faoliyati to‘g'risida»gi Qonun bilan bir qatorda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g'risida»gi Qonunga muvofiq huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug'urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug'urta tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug'urta tashkilotlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O'zagrosug'urta» va «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug'urta kompaniyalarini, «Kapital sug'urta» aksiyadorlik jamiyatlarini ntisol sifatida keltirish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ulaming faoliyati va ulami tugatish, aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasining ''Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida‘’gi qonuni hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo'jaligi, bank, investitsiya va sug'urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog'ida aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va ular huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyati - Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muawan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlami o‘z zimmasiga oladi. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi. o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlami olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar vajavobgar bodishi mumkin. Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkaziigan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo'lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bodsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Jamiyat belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir. Jamiyat o'zining firma nomi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko’rsatilgan yumaloq muhriga ega bodishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Jamiyat o‘z firma nomiga ega bo`ladi. bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak. Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o‘zida jamiyat xohishiga ko‘ra boshqa tillarda o'zining to'liq va qisqartma nomlariga ega bodishga haqlidir. Jamiyatning manzili u davlat ro'yxatidan o‘tkazilgan joyga ko‘ra belgilanadi. Jamiyat u bilan aloqa o'rnatib turiladigan pochta manziliga ega bodishi lozim va o'z pochta manzili o'zgarganligi to'g'risida yuridik shaxslami davlat ro'vxatidan odkazuvchi organlami xabardor qilishi shait.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bodishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilaming eng kam soni chcklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo`lishi lozim. Ochiq aksiyadorlik jamiyati. Qatnashchilari o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlaming roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo`lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna odkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ulami erkin sotishga haqlidir. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o`tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani odkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan hollar bundan mustasno.
Yopiq aksiyadorlik jamiyat-aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o`tkazishga yoxud ulami cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bodishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlaming chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro'yxatga olingan kundan ediboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi. ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksivadorlari sotavotgan aksivalami uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda. ulaming har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli dish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, ega bo’ladi. Agar aksiyadorlar aksivalami sotib olishda o‘z imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar. jamivat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksivalami sotib dish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘Iishi uning ustavida ko’zda tutilishi mumkin10.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalari sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi muddati jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo’yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo'lishi mumkin emas. Jamiyatni yangidan ta’sis etish va mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish. bo'lish. ajratib chiqarish, qayta tuzish) yo’li bilan tuzilishi mumkin. Jamiyatni ta’sis etish yo‘li bilan tuzish muassislaming qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish to’g ’risidagi qaror ta’sis yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaromi shu shaxsning yolg’iz o‘zi qabul qiladi. Jamiyat muassislari uni tuzish to'g’risida o’zaro ta’sis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ulaming jamiyatni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko'rsatish tartibi. jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar o’rtasida jovlashtirilishi kerak bo’lgan aksiyalaming turlari, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori va bu haqni to‘lash tartibi. muassislaming jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qo’yiladi. Jamiyatni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislaming ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta’sis etish, jamiy'at ustavini tasdiqlash, jamiyami boshqarish organlarini saydash masalalari y'uzasidan ular qabul qilgan qarorlami aks ettirishi kerak. Jamiyatni ta’sis etish, uning ustavini tasdiqlash to'g'risidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to’lash uchun topshirilayotgan qimmatli qog’ozlar, boshqa mulkiv huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlanting pulda baholanishini tasdiqlash to’g ’risidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta’sis etish to'g'risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo’lgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to’g’risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilarunagan bo`lsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo‘lishi mumkin einas. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo`ladi. Yopiq aksiyadorlik jamivati muassislari o’rtasida aksiyalami taqsimlash ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Ta’sis yig'ilishi (konferensiyasi):
❖ aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etish to‘g'risida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi; aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad ctadi. Aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda ko‘paytiriladi;
❖ ta’sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi: chiqarilayotgan aksiyalar turlarini hamda ulaming sonini belgilaydi;
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi;
❖ jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi. tayinlaydi). Ta’sis yig‘ilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qo’shgan hissalarga muvofiq o‘tkaziladi. Ta’sis yig’ilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ta’sis shartnomasini o’zgartirish to’g’risidagi qarorlar qabul qilinavotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislaming roziligi talab etiladi. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta’sis yig’ilishi o’tkazilmaydi.
Aksiyadorlarning huquqlari:
- tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reestriga kiritilish;
-o‘zi haqida depozitarivdagi depo hisobvarag’idan ko’chirma olish;
- jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
- aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
- aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
- aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida toTiq va to‘g‘ri axborot olish;
- olgan dividendini erkin tasarruf etish;
- qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o‘z huquqlarini himoya qilish; qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlaming uquvsiz yoki g’arazli xatti-harakatlari tufavli ko’rgan zaraming to’lanishini talab qilish;
-o’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
- qimmatli qog'ozlar sotib olish vaqtida zarar ko'rish va (yoki) foydaning bir qismini yo‘qotish ehtimoli bilan bog'liq tavakkalchilikni sug‘urtalash huquqiga ega. Aksiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'ladilar. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari bo'lmish aksiyadorlaming huquqlari. Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi bo‘lmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi. Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bo'lmish aksiyadorlar ushbu qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig'ilishida mazkur yig`ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo'yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish. jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksivalarning egalari bo'lmish aksiyadorlarning huquqlari Jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari bo'lmish aksiyadorlar, agar ushbu qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aksiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar. Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aksiyalari ulaming egalari bo'lmish aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi.
XULOSA Mamlakatimiz sug`urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug`urtalovchilar sug`urta mahsulotini ishlab chiqarishda aholining ehtiyojlarini hamda ularning daromadlilik darajasini to`liq hisobga olmaydilar va natijada uni sotish jarayoni qiyin kechadi yoki uzoq muddatga cho`ziladi.
Bir turdagi sug`urta mahsulotlarini O`zbekistondagi barcha sug`urta kompaniyalari ishlab chiqishi va ular bo`yicha turli xildagi narxlarni qo`llashi maqsadga muvofiq bo`ladi misol,uchun baxtsiz hodisalardan yoki mol-mulk sug`urtasi bo`yicha mahsulotlarni bir necha sug`urta kompaniyalari ishlab chiqsa potensial sug`urtalanuvchilarda tanlash imkoniyati vujudga keladi va raqobat esa mahsulotning sifati o`sishiga turtki bo`ladi.
Sug`urta operatsiyalarini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish sust kechmoqda,vaholanki sug`urta sohasi rivojlangan davlatlarda internet sug`urta yaxshi yo`lga qo`yilgan va samarali faoliyat ko`rsatadi.Shuningdek sohada reklama xizmatidan kam foydalaniladi,matbuotda yoki televideniyada sug`urtaning mohiyatini ochib beruvchi masalalar muhokama etilmaydi,sababi u moliyaviy mablag`larni talab etadi.
Sug`urta operatsiyalarini samarali amalga oshirishning qulay usuli bu sug`urta vositachilarining xizmatidan foydalanish hisoblanadi,chunki agentlar jarayonni tezlashtirish,ya`ni bir vaqtning o`zida bir necha o`n kishilik jamoani sug`urta kompaniyasi faoliyati sohaga oid ma`lumotlarni taqdim etgan holda jalb qilib,ular bilan ommaviy tarzda shartnoma tuzadi,bu esa sug`urta kompaniyasi portfeli shakllanishing manbai hisoblanadi.
Mamlakat sug`urta bozorida keng turdagi majburiy sug`urta turlarini joriy etish zarur.Mamlakatimiz aholisining ko`p qismi majburiy sug`urta bo`yicha undiriladigan sug`urta mukofotlariga soliq yig`imlari sifatida qaraydilar va unga tenglashtiradilar,ammo bu mutlaqo noto`g`riligini ularga tushuntirish zarur.Chunki soliq yig`imlari davlat byudjetiga yo`naltiriladi va fuqarolarning manfaatlari uchun xizmat qilmaydi,majburiy sug`urta bo`yicha to`lanadigan sug`urta mukofotlari esa mijozlar zarar ko`rganda bir necha barobar miqdorda ularga qaytariladi. Shuni unutmaslik kerakki,majburiy sug`urtani joriy qilishdan maqsad aholini ijtimoiy muhofaza qilish,ularni turli kutilmagan xarajatlardan moliyaviy jihatdan himoya qilish,eng asosiysi esa majburiy ravishda sug`urta shartnomasi tuzgan holda mijozlarga sug`urtaning afzalligini,uning zarurligini anglatish va sug`urta sohasiga ishonchlilikni shakllantirish hisoblanadi.
1.Aholining sug`urtaga qiziqishi va ishonchining mavjud emasligi
2.Milliy sug`urta bozorida sifat raqobatining emas aksincha narx raqobatining hukm surishi.
3.Sug`urta xizmatlari torligiga va sifati pastligi.
4.Sug`urta mahsulotini sotish tarmog`ining to`liq rivojlanmaganligi.
Yuqoridagi gaplardan shu xulosalarga kelish mumkin.