Kurs ishining ob`ekti:Sug`urtalashda ob`ekt,aslida,sug`urta yo`naltirilgan moddiy manfaatlar bo`ladi.Bu sug`urta qildiruvchining u yoki bu xavfni sug`urtalashdan manfaatdorligi.
Kurs ishining sub`ekti:Sug`urtalash sub`ektlari-bu bitimning bevosita faol ishtirokchilari,sub`ektlarining faoliyati nimaga qaratilganligi sug`urtalangan va foyda oluvchining mulkiy manfaatlari.
Kurs ishining maqsadi:Aholini oldindan aytib bo`lmaydigan tabiiy ofatlardan sug`urtalash.Tabiiy ofatlardan zararlangan taqdirda zararni bir qismini qoplab berish va sifatli xizmat ko`rsatish.
Kurs ishining predmeti: Sug`urtalash predmeti-bu sug`urta kompaniyasining sug`urta qilish uchun olgan narsasidir.
Kurs ishining vazifalari: -sug`urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotishning nazariy va amaliy jihatlarini milliy sug`urta bozorida qo`llash;
-sug`urta operatsiyalarining samaradorligini oshirishda marketing siyosatini yo`lga qo`yish va uni samarali amalga oshirish tartibini tahlil qilish;
-sug`urta operatsiyalarining samaradorligini oshirishga sug`urta da`volari va ularning ijobiy hal etilishini ta`sirini o`rganish;
-milliy sug`urta kompaniyalarida amalga oshiriladigan sug`urta faoliyati ko`rsatkichlarini tahlil qilish;
-sug`urtalovchilarning sug`urta operatsiyasini o`tkazishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqish;
-milliy sug`urta bozorida sug`urta operatsiyalarini samarali tashkil etish va uning faoliyatini rivojlantirish istiqbollarini belgilash.
Kurs ishining nazariy-amaliy ahamiyati:Kurs ishi doirasida amalga oshiriladigan tahlillar yakunlari asosida ishlab chiqilgan xulosa va takliflar mamlakat sug`urta bozorini yanada takomillashtirishga,sug`urta kompaniyalarining sug`urta operatsiyalarini samarali tashkil etish va unda sug`urtanuvchilar hamda sug`urtalovchilar manfaatlari uyg`unligini ta`minlashga qaratilgan islohotlar o`tkazishda ilmiy-nazariy asos sifatida xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:-Kirish,kurs ishining mazmunini yorituvchi 5 ta savol, xulosa va takliflar,foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kabi tarkibiy qismlardan iborat.