Globallashuvning salbiy oqibatlariga albatta o’z vaqtida kurash olib borish lozim.
Yoshlarda dunyodagi mafkuraviy manzarasini va globallashuv ja-rayonlarini teran anglash va bu
borada zarur ko’nikmalar hosil qilib bormoq lozim. Buning uchun biz yuqorida bayon
etganimizdek, islom ekstremizmi va aqidaparastligiga keskin kurash olib bormoq uchun siyosiy,
huquqiy, ma’naviy bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz lozim. Diniy ekstremizm va
aqidaparastlikning keltirib chiqarayotgan sabablarini o’rganmoq kerak.
1) Birinchi sababi - mustamlakachilik va yangi mustamlakachilik, buyuk davlatchilik
shovinizmi.
2) Xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo’rovonlik, musulmon davlatlarining
Farb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga erishish niyati, «parchalab tashla va hukmronlik
qil» degan ko’p sinalgan siyosatni davom ettirish.
3) Uchinchi sabab - iqtisodiy kamsitishlar, kalondimog’lik. Boshqa madaniyat, boshqa
sivilizatsiyaning, xususan, ko’p asrlik ildizlariga ega SHarq falsafasining bir qismi bo’lgan islom
sivilizatsiyasining fazilatlarini, umuman, islomning o’zini yaxshi bilmaslik, tushunmaslik hollari
kabi sabablarni ham ko’rsatib o’tish mumkin.
2. Texnodeterministik konsepsiya texnikani xar doim insonga ijobiy ta’sir ko`rsatishini ishonchli
asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga ko`plab sirlarni ochib, uni ulkan
miqdorda moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog`liq barcha
muammo
va
qarama-qarshiliklar,
ya’ni texnik vositalarning biosferani xalokatga
yaqinlashtiruvchi ta’siri axborot aloqa davri deb ataluvchi insoniyat taraqqiyotining keyingi
bosqichida ijobiy bartaraf qilinishini ta’kidlaydilar. Texnikani optimistik baxolashda texnokratik
nazariya katta axamiyatga ega. Texnokratiya- jamiyatdagi shunday kuchki, u jamiyatning texnik-
texnologiya taraqqiyoti istiqboli xususidagi ilmiy bashoratida nufuzli ilmiy xulosalarga tayanadi.
Yevropada XVIII-asr oxirlaridanoq texnikaning xalokatli ta’siri xaqida xabarlar tarqala boshladi.
Turli falsafa maktabining vakillari texnika sivilizatsiyasi, uning qattiq, «temir sur’ati», beshafqat
va axloqsizligini ta’kidlab, xayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar.
Ular jamiyatda texnikaga sig`inish, uni iloxiylashtirish xolati sodir bo`layotganiga, texnika
zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo`lajagiga o`z e’tiborlarini qaratdilar. Texnikaning nazoratsiz
taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug`dirdi, xarbiy sanoat komplekslarining keng
rivojlanishiga sabab bo`lib, oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo`yadi. Agar
nazariyotchilarning bir qismi texnikaga pessimistik nazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga
qaytishni yagona yo`l deb qarashayotgan bo`lsalar, boshqalari esa texnikaning agressivligi va
murosasizligini ta’kidlab, inson bunday sharoitda faqat bitta iloji bo`lgan usul bilan qarshi turishi
mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak, deb
xisoblaydilar.
Biroq, barcha muammo texnikaga emas, balki insonning o`ziga bog`liq. Texnika axloqiy jixatdan
mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning qadriyat tuzilmasi namoyon
bo`ladi. «Texnika-inson» ziddiyatlarining bartaraf qilinishi yangi tipdagi insonnning
shakllanishiga bog`liq bo`lib, bu madaniyatdagi biosferik tamoyillarini xisobga oluvchi, tabiat va
inson munosabatlarini uyg`unlashtirishga xarakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolarni
oqilona xal qilishni ta’minlovchi sifatga ega bo`lgan yangi insondir.
Biosferik tamoyilning asoschilari V.I. Vernadskiy, K.E. sialkovskiy, A.L. Chijevskiy bo`lib, bu
nazariya D. j. Forrestr, D. Medouz, M.V. Mesarovich, E. Pestele, A. Pechchen kabi Rim klubi
olimlarining asarlarida takomillashtirildi. Biosferik tamoyil yerning evolyutsiyasini umumiy
geologik, biogenik, ijtimoiy va madaniy jarayon sifatida qaraydi, planetaning koevolyutsiya
asosida tabiiy va sun’iy xamkorlikda rivojlanishi zarurligini ko`rsatadi. Buning uchun omma
1
Irisov B. Din, aqidaparastlik va tahdid. Toshkent: «Ma’naviyat», 2000, 4,7-8- betlar.
ongida «Hayotga etikaning tan berishi» ni singdirish lozim (A. Shveyser), bunga O. Leopold
tomonidan ishlab chiqilgan «aksiologik uchlik» tushunchasi asos bo`lishi mumkin; ya’ni,
insonning artof-muxit bilan o`zaro munosabatini quyidagi qadriyat mezonlari belgilashi lozim:
butunlik, barqarorlik va go`zal olam.
Insoniyat bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi iqtisodiy tip-«Hayot iqtisodini»
yaratishga qodir bo`ladi. «Hayot iqtisodi» ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan
xolda na ishlab chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kerakli joyda zarur
miqdordagi va zarur sifatdagi boylikni ko`zlab ish tutadi. L. Mamford yozishicha: «Bunday