sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Avvalo, globallashuv –
bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir
etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy
iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan. Ammo, dunyoda axborot
almashinuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat
madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib
chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini
individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga
qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat
ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Bugungi
kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga
boshlash lozim. Bunda:
– ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; – yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; – yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy
tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini
shakllantira olamiz. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu
qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan
bog’liq.
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» sshzidan olingan bshlib, aynan uni
«dumaloqlashuv», «quralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-
texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kuraga aylanishini
tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti Ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asardan asarga, ming yillar davom etgan…
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi
o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p.
Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u
beriladi: