1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari


iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo`lgan xilma-xil boylik va



Yüklə 438,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix23.03.2023
ölçüsü438,39 Kb.
#89280
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-mavzu ma\'ruza Xorijiy ommaviy a’borot vositalarining media makondagi o’rni

iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo`lgan xilma-xil boylik va 
kechinmaga ega bo`lishni taqozo qiladi, negaki tug`ilgandan to o`lgungacha uning 
individual hayoti shunday o`tsin». Madaniyatdagi biosferik konsepsiya tarafdorlari insoniyat 
tarixida o`zlarining madaniyat tasnifini tuzib, unda ta’kidlashlaricha insoniyatning ilk 
bosqichlarida madaniyatning turli xil biogelik ko`rinishlari mavjud bo`lgan, keyinchalik sun’iy 
ravishda «tabiat ustidan xukumronlik qilish» shioriga tayangan xolda texnogenik madaniyat 
yaratildi zamonaviy odamlar yerdagi ekologik qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi 
noogenik madaniyatga o`tadi. Ekologik madaniyat xozirgi zamon sivilizatsiyasining axamiyatga 
molik belgilaridan biriga aylanib bormoqda 1980 yillardan e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora 
ekologiyalashmoqada. Dastlabki paytlarda ekologiya xayvonot va o`simlik dunyosining atrof 
muxit bilan bog`liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo`lsa, so`ngiroq bir butun tarzda yerning 
ekotizmi, biotsenezi, biosferani o`rgana boshladi. 1970 yillardan ekologiya jamiyat xayotidagi 
jarayonlarni o`rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan uni o`rab turgan tabiiy iqlimiy, sotsial-
madaniy muxitning aloqadorligi muammolarini o`rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. 
Ekologiyaning tabiiy va sotsial muxiti inson uning genofondi, odamni bugungi olamga 
moslashish jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog`i «inson ekologiyasi» 
vujudga keldi. Tabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o`zaro ta’sir aloqadorligini 
optimallashuvini ekologik madaniyatni boshlanishi» deb xisoblash mumkin. Bu insoniyat 
tomonidan tabiiy va sun’iy ikki tizimning teng xuquqligini tan olishi demakdir. Ayniqsa bu 
qishloq xo`jalik soxasi uchun o`ta axamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon qishloq xo`jaligi uchun 
maxsuldorlik va tovar ishlab chiqarish xajmi asosiy strategik maqsad emas, gap ekologiya 
qonuniyatlariga muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muxitni asrashdan iborat. 
Sanoat ishlab chiqarish uchun ekologik qonunlar tabiat resurslariga tejamkorlik asosida 
yondoshish imkoniyatini beruvchi texnika va texnologiyani yaratishdangina iborat bo`lmay ayni 
paytda, insonning mavjudligi va yashash muxiti-biosferani asrash, qayta tiklashdan iboratdir.
“Ommaviy madaniyat”ning eng xunuk illatlari, olg`a surgan g`arazli g`oyalaridan biri bu, 
ko`ngilxushlik g`oyasidir. Ko`ngilxushlik g`oyasi deganda, insonning turmush
tashvishlaridan bir oz bo`lsa-da chalg`ish, o`zining bush vaqtini mazmunli o`tkazishni 
tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog`lom ma’naviyatli 
insonlar o`z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o`zi va boshqalarga 
foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug`ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg`ulotlar 
bilan o`zining bo`sh vaqtini fayzli, o`z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat 
qiladilar. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi tamomila boshqa, 
insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga 
qaratilgan, aqlsiz ko`ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o`ziga xos 
xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg`unchi kuchlar tamonidan og`iz ko`pirtirib 
jar solinayotgan ko`ngilxushlik g`oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan 
erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ`ib
qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g`arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar
yoqasiga etaklab kelgan ko`ngilxushlik g`oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo`lib
turibdi. Tomas Vul’fning « Manmanlik o`ti » romanida yosh moliyachi « shahvoniy
hirslarga cho`kib ketgan » N’yu – York farzandi bo`lganligi uchun ham xotini va qizining
hayotiga zomin bo`ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko`ra, bugun Britaniya bolalarining 3-4 foizi
nikohsiz tug`ilmoqda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan


aziyat chekmoqda. AQShda qamalganlarning yarmidan ko`pi buzilgan oilalar
farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana
kungilxushlik g`oyasi bergan mevalar. “ Ommaviy madaniyat “ ning ko`ngilxushlik g`oyasi 
insonni ma’naviy tubanlik sari etaklaydi. G`arbda uning makoni sershovqin musiqalari,
turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o`ziga 
ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko`payib 
bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda
tashkil etilgandir. Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona 
suti og`zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko`ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh
yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik
va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o`tamokda. G`arbda tungi barlarlarda sang`ish
aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi. Yu. Xabermas kabi sog`lom 
fikrli odamlar fikricha: «G`arb mamlakatlaridagi yomg`irdan keyingi qo`ziqorindek tungi 

Yüklə 438,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin