Shaxsiy sifatlar. Shaxsiy sifatlar (xususiyatlar) - ruhshunoslar tomonidan shaxsning o’ziga xosligini tashkil etuvchi shaxsiy xususiyatlar jamlanmasi deb belgilangan. Tadbirkorning bu 14 shaxsiy sifati quyida keltirilgan:
Muvaffaqiyatli tadbirkor: • tashabbuskor;
• imkoniyatlarni ko’radi va ularni ro’yobga chiqaradi;
• tirishqoq;
• ma`lumotlarni shaxsan o’zi qidiradi;
• sifatni oshirish tashvishida bo’ladi ;
• shartnomalarning to’liq bajarilishiga erishadi;
• yuqori samaradorlikka yo’naltirilgan;
• o’z faoliyatini muntazam rejalashtiradi;
• muammolarni original yo’llar bilan hal qiladi;
• o’ziga ishonch hissini namoyish etadi;
• hisob-kitob bilan tavakkal qiladi;
• shiddatli;
• ishonch uyg’otadi;
• boshqalarni o’z ta`siriga bo’ysundirish strategiyalaridan foydalanadi
Quyida bu sifatlar qisqacha bayon etilgan.
Ushbu qobiliyatlarning uchchalasiga ham (bilimlar, ko’nikmalar, shaxsiy sifatlar) ega bo’lmagan odam, biznesiga nisbatan qo’llaganda, o’z korxonasini muvaffaqiyatli boshqarish yo’lida, shu qobiliyatlarga ega bo’lgan odamdan ko’ra qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ancha ko’proq.
Agar odam quyidagiga ega bo’lsa, nima bo’lishi mumkin:
• Faqat bilim va ko’nikmalarga Faqat bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan odam, o’z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma`lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo’lmay turib, odam biron bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat`iyatlikni namoyish etishi mumkin; yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni ko’rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin; yoki u mas`uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo’lsada) o’z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin.
• Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlarga Faqat bilimlar va tadbirkorlik sifatlarga ega bo’lgan shaxs agar texnik ko’nikmalarga ega bo’lmasa, bu qobiliyatlarini qo’llashga biror bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u, begonalarga qattiq bog’liq bo’lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoni Yechimi, kerakli ko’nikmalarga ega bo’lgan hamkorni topish yoki odamlarni jalb etishda bo’lishi mumkin.
• Faqat ko’nikmalar va tadbirkorlik sifatlarga Kerakli ko’nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo’lgan, ammo bilimlarga ega bo’lmagan bo’lajak tadbirkor, o’z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo’qligi, yoki hech bo’lmasa, masalan, iste`molchilarni, bozorni (shu jumladan bozorda rivojlanayotgan tendentsiyalarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim.
Tadbirkor bo’lmoq uchun tug’ma qobiliyatga ega bo’lish kerak, degan fikr ko’p vaqtlardan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida xar kim ham tadbirkor bo’lish mumkinligini ko’plar tan olmoqda. Xo’sh buning uchun nima qilmoq kerak?
Bu savolga to’la to’kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar jumladan prof. YO. Abdullayev va F. Karimovlarning fikricha hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilatga ega bo’lish kerak.3 Halollik va rostgo’ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikni asosi bo’lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosabatlar o’rnatishni birdan-bir shartidir. Tadbirkor birinchi galda ishni ko’zini biladigan, halol va xaromni farqiga boradigan shaxs bo’lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo’lsa, bozorda uning mavQei baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo’ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi.
Majburiylik, so’zsiz bajarishlik. Tadbirkor qachon o’z so’zining ustidan chiqsa, va`dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o’ngidan keladi. So’zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko’rsatilgan murakkab va oddiy og’zaki vazifalarning (biror Yerga aytilgan vaqtda borish) bajarilishini o’z ichiga oladi. Berilgan va`da har qanday sharoitda bo’lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o’z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o’z vaqtidan kechikib bajarish ham subitsizlikka kiradi.
Mas`uliyatli bo’lish. Xaqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o’z puli yoki mablag’i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo’lsa, yo’l qo’ygan xatosini tuzatish, ko’rilgan zararni qoplashi lozim.
Boshqalar bilan monosabat chog’ida bularga nisbatan hurmatda bo’lish. Tadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo’lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin.
Qonunga itoat qilish. Tadbirkor bo’lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa xuquqiy xujjatlarga itoat qilishi, ularni og’ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq turtibotga, provardida esa davlat tomonidan qo’riqlanadigan manfaatlar va o’zaro munosabatlariga tajovuz qilish demakdir.
Buyuk sohibqiron Amir Temur ham o’z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo’lib xizmat qiladi”, deb yozgan edi.
Saxiy va xayr-ehsonli bo’lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug’ fazilat. Saxovatli, sahiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so’ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi. Saxovatli asli - bu ochiq qo’llik.
Insofli bo’lish. Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to’g’rilik, barobarlik, sof-dillik, xaqiqatgo’ylikdir.
Vazmin va sabrli bo’lish, extiroslarga berilmaslik, ba`zi shoshma-shoshar tadbirkorlar, shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o’ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g’arq bo’ladilar. Aqllik, tajribali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir va sabrni o’zlariga yo’ldosh qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar.
Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siyosatini o’zingizning asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilinki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish - bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokamotivdir.
O’z ishining mutaxassisi bo’lish. Biz shunday davrda yashayapmizki, bunda faqat mutaxassisgina, faqat o’z ishining ustasigina obro’-e`tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo’ling. Qaysi sohada ishlashga to’g’ri kelmasin, albatta, birinchi bo’lishga harakat qiling. Savol tug’iladi: unga qanday kilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo’lsa mehnat va o’z ustingizda tinimsiz shug’ullanishingiz lozim. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo’l esa –tirishqoqlik.
Shunday qilib tadbirkorlikka ahd qilgan xar bir kishi o’zining imkoniyatlari qobiliyatlari shu jumladan o’z izlanuvchanlik qobiliyatini, o’z ishining ustasi hamda yuqorida qayd qilingan sifatlarning o’zida mavjudligini aniq o’lchay bilishi kerak.
Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida tadbirkorlik kapital, Yer va mehnat resurslari bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doimo katta e`tibor berilib kelinmoqda. Tadbirkorlik mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta`minlashda, aholi bandligi muammosini ijobiy hal etishda asosiy o’rin egallaydi. Buni rivojlangan mamlakatlar bosib o’tgan yo’l misolida ko’rish mumkin. Xorijiy iqtisodchi olimlar mamlakatlar iqtisodiyotida tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilib, tadbirkorlikning nazariy asoslarini yaratganlar. Ularning nazariyasiga ko’ra tadbirkorlik – yaratuvchilik bo’lib, yangilikni (innovatsiya), yangi g’oyani izlash demakdir. Tadbirkor – yangilik yaratuvchi va shu orqali iqtisodiy o’sishni ta`minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaxs sifatida e`tirof etiladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiga qadam qo’yish davridan boshlaboq iqtisodiyotda, jumladan uning agrar sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga huquqiy asoslar yaratildi. Bu to’g’risida birqator qarorlar, farmonlar (jumladan, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to’g’risida» va b.) qabul qilindi. Yaratilgan huquqiy asoslar va kafolatlar qishloq joylarida yangi agrar munosabatlarni, dehqonlarni Yerga, ishlab chiqarish vositalari va o’z mehnati natijalariga egalik hissini qaror toptirish maqsadlariga qaratilgan.
Tadbirkorlik insoniyat taraqqiyotining iqtisodiyotga bog’liq bo’lgan ajralmas bir bo’lagidir. Tadbirkorlik tarixi inson uchun zarur bo’lgan savdo-sotiq, xizmat ko’rsatish, iste`mol tovarlari hamda xizmatlar, sanoat mahsulotlari va umuman moddiy ne`matlar ishlab chiqarish tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lganligi uchun tadbirkorlik bilan fan, texnika va xo’jalik yuritishning turli sohalarida faoliyat yurituvchi yirik olimlar, ixtirochilar, konstruktorlar, muhandislar, agronomlar, iqtisodchilar taqdiri qo’shilib ketgan.
Hozirgi kunda tadbirkorlik ko’p qirrali bo’lib, uning shaklu-shamoyili va ustuvorliklari ob`ektivlik kasb etadi. Qayd etish mumkinki tadbirkorlikning tubdan rivojlanishiga dunyo miqyosida yuz bergan quyidagi voqealar sabab bo’ldi:
- XVII- XVIII asrlarda Yevropadagi uyg’onish davri va XX asr o’rtalarida yuz bergan ilmiy-texnik revolyutsiya ishlab chiqarishning moddiy-texnik va texnologik asosini o’zgartirib savdo-sotiqni va halqaro aloqalarni rivojlanishiga keskin ta`sir qildi. Ilm fan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylangan holda butun dunyo rivojlanishini ta`minlovchi Yetakchi kuch bo’lib qoldi. Mutaxassislarning fikricha aynan shu davrga kelib tadbirkorlik va ilm-fanning qo’shilishi yuz berib4, yirik kompaniya va korporatsiyalarning faoliyatida «ilmiy-texnik taraqqiyot»ning yangi davri boshlandi. Natijada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun misli ko’rilmagan darajadagi imkoniyatlar ochildi. Tadbirkorlik yangi texnologik darajaga erishish yo’lida sakrashni amalga oshirib, jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti va sanoatlashgan iqtisodiyotda mustahkam o’ringa ega bo’ldi. Shu paytga qadar ilm-fanni moliyalashtirish asosan, davlatning vazifasi bo’lib kelgan, ammo ilmiy-texnik taraqqiyot juda katta mablag’larni talab etganligi uchun ham bu boradagi munosabatlar erkinlashtirilmoqda. Shuning uchun ham AQSH, Yevropa mamlakatlari va Yaponiya yuqori darajada rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korporativ ilm-fan taraqqiyoti davrini boshdan kechirmoqdalar. Ya`ni, yirik korporatsiyalar raqobat kurashida ilm-fanning ahamiyatini anglab Yetib, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini moliyalashda o’z mablag’larini ayamaydilar. Dunyoning deyarli barcha Yetakchi kontsernlarida yirik ilmiy markazlar tashkil etilgan. Tadbirkorlik, biznes va ilm-fanning birligi haqiqatga aylanib bormoqda.5 Tadbirkorlikning kuchi kapitalning qudratiga va layoqatiga bog’liq. Demak, kapital sifatida qaralishi mumkin bo’lgan firmaning samarali faoliyati jamiyat kapitali qudratidan oqilona foydalanish imkoniyatini beruvchi shart-sharoitlarga bog’liq ekan. Buni bozor iqtisodiyotining erkinligi deb atash mumkin.
Tadbirkorlikning bozor iqtisodiyoti sharoitida bu qadar ahamiyatli bo’lsa, demak tadbirkorlikni boshlashdan oldin qilidnadigan ishlarni aniq tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’lish lozimdir. Buning uchun tadbirkor bo’laman degan shaxsda o’z g’oyasi bo’lishi talab etiladi. Xizmat ko’rsatishga, ishlab chiqarishga yoki savdoga yo’naltirilgan g’oyasi orqali tadbirkor shaxs har qanday tavakkalchiliklarni Yengib o’tib maqsadi sari harakati qilishi lozimdir. Boshqa g’oyalardan farqli ravishda tadborkorlik g’oyasini turlicha ta`riflash mumkin. Eng ommaviy ravishda e`tirof etiladigan ta`riflardan biri sifatida tadbirkorlik g’oyasi quyidagicha tariflanadi.