1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’jaligi va Sanoat sohasidagi o’zgarishlar



Yüklə 95,34 Kb.
səhifə8/17
tarix07.01.2024
ölçüsü95,34 Kb.
#207897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’j-fayllar.org

Aksiyadorlik jamiyati jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo‘lib, u aksiyalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog‘oz – aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan o‘z hissasi – divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun faqat o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar so­tib olgan aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Aksiya bo‘linmas hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini ta'sis etishda uning jami aksiyalari ta'sischilar orasida tarqatilishi kerak.
Aksiya fond birjalarida muomalada bo‘ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o‘tadi va aksiyalar uchun uning hissasi to‘g‘risidagi hujjat hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini:
- aksiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- aksiyadorlik jamiyati biznesning ko‘proq demokratik shaklidir. Unga xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo‘lish yo‘li bilan aksiyani sotib olib, a'zo bo‘lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug‘iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o‘z aksiyasi miqyosida ziyon ko‘rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o‘zida ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar, xaridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o‘zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin.

Yüklə 95,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin