1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’jaligi va Sanoat sohasidagi o’zgarishlar



Yüklə 95,34 Kb.
səhifə4/17
tarix07.01.2024
ölçüsü95,34 Kb.
#207897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’j-fayllar.org

Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog‘liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari xaridor tomonidan oldindan ko‘zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozori turi. Tovar birjasida o‘zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o‘z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil etish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar (don, ko‘mir, metall, neft, yog‘och)ning doimo faoliyat yurituvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o‘xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko‘rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari f'yuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo‘yicha sharnomada ko‘rsatilgan tovar uchun to‘lovni ma'lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko‘rsatadi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal etadi;
- narxlar to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta'sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig‘adi va e'lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo‘ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar – sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin.
Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbir­korlik uchun faoliyat ko‘rsatuvchi maqom bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha qimmatbaho qog‘ozlarning xarid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma'­lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.

Yüklə 95,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin