1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’jaligi va Sanoat sohasidagi o’zgarishlar


Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 95,34 Kb.
səhifə9/17
tarix07.01.2024
ölçüsü95,34 Kb.
#207897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari Tadbirkorlikda qishloq xo’j-fayllar.org

Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf eta oladigan jamiyat. U chiqaradigan aksiyalariga ochiq obuna o‘tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta'sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta'sischilari o‘rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo‘ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori – AJ ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
Ochiq turdagi AJni boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. Yopiq turdagi AJ esa o‘z aksiyalariga ochiq obuna o‘tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun chiqarish yo‘li bilan ochiq turdagi AJga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va shirkat xo‘jaligi o‘z aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jamiyatlarga ham aylantirilishi mumkin.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
- yillik hisobot;
- buxgalterlik balansi;
- foydalar va zararlar schyoti;
- jamiyat aksiyalari yemissiyalari prospekti;
- umumiy majlisni o‘tkazish sanasi va joyini ma'lum qilib turishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
- jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat yuritish hamda bir yoki bir necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish to‘g‘risida shartnoma tuzish;
- aksiyalarga obuna o‘tkazish;
- ta'sis konferensiyasini o‘tkazish;
- jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda AJ tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo‘l bilan, ya'ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq AJ larining ob'ektlarini auksion orqali yoki konkurs yo‘li bilan sotib olishadi;
- davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va ma'lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
- davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
- nizom kapitalining tegishli qismlar yoki aksiya­larga majburiy bo‘linishi;
- jamiyatning o‘z majburiyatlari va faqat o‘zining mulki bo‘yicha cheklangan javobgarligi;
- aksiyador (sherik)lar orasidagi o‘zaro munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo‘yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
- jamiyat a'zolari uning kapitaliga o‘z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o‘z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.

Yüklə 95,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin