Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.
Тajriba ishi №3 Mavzu: Predmet soha relyatsion ma`lumotlar bazasi modelini yaratish.
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB ni relyatsion modelini yaratish va uning asosiy tamoyillariga rioya qilish haqida bilim va malakalarni hosil qilish..
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. Bazani normallashtirish (me`yorlashtirish).
2. MBBT ni tanlash va unda MB ni tuzish.
3. MBBT da MB jadvallarini tuzish.
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma:Predmet soha relyatsion ma`lumotlar bazasi modelini yaratish. Relyatsion MB ning xomaki nusxasi tuzilgandan so`ng uni me`yorlashtirish lozim bo`ladi.
Me`yorlashtirish – buMB dagi ma`lumotlarni ortiqchaligini kamaytirishdir.
Me`yorlashtirish – bu jadvalni ma`lumotlarni qo`shish, o`zgartirish va o`chirish uchun qulay bo`lgan ikkita yoki undan ko`p jadvallarga bo`lishdir.
Me`yorlashtirishni asosiy maqsadi – shunday MB ni yaratishga qaratilganki, unda ma`lumotlar bir marta qayd qilinadi, ya`ni ma`lumotlar ortiqcha yoki takrorlanishi mumkin emas. Bu amal saqlanadigan ma`lumotlarni qarama – qarshiligini bartaraf etish uchun zarur.
Jadvallarni me`yorlashtirish mantiqiy loyihalashning eng formal (tartibga solingan) metodi bo`lib, uni qo`llanganda ER-diagrammani qurish talab etilmaydi.
Me`yorlashtirish jarayoni bir me`yoriy shakldan boshqasiga o`tish amallaridan iborat bo`lib, unda har bir navbatdagi jadval oldingisiga nisbatan yaxshi xossalarga ega bo`ladi.
Har bir me`yoriy shakl uchun bir qator talablar qo`yilgan va jadval me`yorlashtirilgan deyiladi agar u qo`yilgan talablarga javob bersa.
Relyatsion MB nazariyasida quyidagi me`yoriy shakllar ketma – ketligi ajratib ko`rsatiladi:
- birinchi me`yoriy shakl – 1MSH (1NF);
- ikkinchi me`yoriy shakl – 2MSH (2NF);
- uchinchi me`yoriy shakl – 3MSH (3NF);
- Boys-Kodd me`yoriy shakli – BKMSH (BCNF);
- to`rtinchi me`yoriy shakl – 4MSH (4NF);
- beshinchi me`yoriy shakl – 5MSH yoki proektsiya – ulash me`yoriy shakli – 5MSH (5NF yoki PJ/NF).
Me`yoriy shakllarning asosiy xossalari:
- har bir navbatdagi me`yoriy shakl qaysidir ma`noda oldingisiga qaraganda yaxshi;
- navbatdagi me`yoriy shaklga o`tganda oldingi me`yoriy shakl xossalari saqlab qolinadi.
Umuman olganda me`yorlashtirilmagan jadvallar, ya`ni takrorlanuvchi ma’lumotlar guruhiga ega jadvallar relyatsion ma`lumotlar bazasiga kiritilmaydi.
Me`yorlashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo`lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalari 5MSH kelguncha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5MSH joylashadi.
‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ MB jadvallarini tahlil qilganimizda, ular me`yoriy shakllar talabiga javob berishiga ishonch hosil qilamiz. SHuning uchun ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ MB ni MS Access da tuzamiz. MB va uning jadvallarini tuzishda 4 va 5-amaliy mashg`ulotlarda keltirilgan ‘Elektron kutubxona’ MB va uning jadvallarini yaratish bo`yicha keltirilgan ma`lumotlardan tahliliy foydalanamiz.
M S Access da ‘Talaba-demografik’ MB ni yaratdik va u Talaba-demografik.mdb faylida saqlanadi. Shundan so`ng MB ning ma`lumotnomalari jadvallarini tuzdik va ularga qiymat kiritdik. Ular:
1. Jins SJINS
Topshiriq 1. Mavzu bo`yicha yaratilgan MB ni me`yorlashtiring.
2. MS Access da MB ni tuzing.
3. MS Access da MB jadvallarini tuzing.
4. MB jadvallariga qiymat kiriting.
Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.