Тajriba ishi №4-5 Mavzu: Ma`lumotlar bazasi so`rovlar tizimini yaratish.
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB da me`yoriy shakllarni o`rnatish haqida bilim va malakalarini mustahkamlash.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. MBBT da MB jadvallarini tuzish.
2. MB ga qiymat kiritish.
3. Sodda va murakkab so`rovlar tizimini yaratish.
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma: MBBT da tanlash asosan ko`p hollarda ilova toifasiga bog`liq bo`ladi. Ilova toifasi MB murojat qilish usuli bilan aniqlanadi, u esa o`z navbatida rejalashtirilgan so`rovlar bilan aniqlanadi. So`rovlarda quyidagi toifalar farqlanadi:
Toifa 1. Barcha yoki ko`p yozuvlar olish. Bu toifaga ko`p hollarda ketma - ket qayta ishlash, katta hisobotlarni generatsiyalash va paketli (guruhli) qayta ishlash kiradi.
Toifa 2. Keng yozuvlar olish. Bu toifaga to`g`ridan- to`g`ri murojaat usuli, ixtiyoriy murojaat usuli, indeksli usul, binar daraxt usuli va boshqalar kiradi.
Toifa 3. Birorta yozuvni olish. Bunday toifadagi yozuvlarni ikkilamchi kalit bo`yicha qidirish muhim ahamiyatga ega.
MB buyurtmachisi bilan birgalikda MB so`rovlari tizimini ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqilgan so`rovlar tizimi buyurtmachi talablarini yuqori darajada qondirishi kerak. Agar u buyurtmachini qo`ygan talablariga to`la javob bermasa, unda predmet soha qayta o`rganib chiqiladi va talabga muvofiq qo`shimcha atributlar kiritiladi hamda kerakli elementlar, bog`lanishlar va munosobatlar bilan to`ldiriladi.
So`rovlar tizimi MB dan foydalanuvchiga beriladigan axborot bo`yicha standart va nostandart (reglamentlamagan) so`rovlarga sinflanadi.
MB ga reglamentlanmagan so`rovlar - shunday so`rovlarki, ular foydalanuvchilarni joriy ehtiyojlariga qarab va qurilgan model imkoniyatlari chegarasida tuziladi.
‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ MB asosiy jadvallarini MS Access da tuzamiz. Jadvallarini tuzishda 4 va 5-amaliy mashg`ulotlarda keltirilgan ‘Elektron kutubxona’ MB jadvallarini yaratish bo`yicha keltirilgan ma`lumotlardan tahliliy foydalanamiz.
Jadvallarni MS Access da tuzganda loyihada berilgan parametr va shartlarning barchasini tug`ri kiritish talab qilinadi, aks holda MB da saqlanayotgan ma`lumotlar relyatsion talablarga javob bermaydi. Jadvallarni tuzganda o`zaro bog`liq jadvallar uchun so`rovlar yaratiladi. Ushbu so`rovlarga muvofiq bog`liq jadval ma`lumotlari o`qib olinadi. Jadvallarga ma`lumot kiritgach tartiblash orqali ma`lumotlarni ixtiyoriy maydon bo`yicha o`sish yoki kamayish tartibida tartiblashni amalga oshirib, ma`lumotlarni tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari har bir jadvalda fil’tr orqali kerakli ma`lumotlarni yoki ma`lumotlar guruhini o`qib olish mumkin. Fil’tr ishlatilganda tanlangan maydonlarga so`rov shartlari beriladi va ushbu shartlarni qanoatlantiruvchi yozuvlar o`qib olinadi.
1. Talaba - ATALABA Fakul’tetlar nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sfak.id, Sfak.fnom FROM Sfak ORDER BY [fnom];
Guruhlar nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sgur.id, Sgur.guruh, Sgur.mnom FROM Sgur ORDER BY [mnom];
2. Umumiy ma`lumot - AUMT
Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
Jins qiymatini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sjins.id, Sjins.Jins FROM Sjins ORDER BY [Jins];
Millat nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Stil.id, Stil.lname FROM Stil ORDER BY [lname];
3. Shaxsiy ma`lumot - ASHMT Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba
ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
Ijtimoiy tabaqa nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sijt.id, Sijt.Ijtnom FROM Sijt ORDER BY [Ijtnom];
Oilaviylik qiymatini o`qib olish so`rovi:
SELECT Soa.id, Soa.Oila FROM Soa ORDER BY [Oila];
Harbiy xizmatga aloqadorlik nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sharb.id, Sharb.Hnom FROM Sharb ORDER BY [Hnom];
4. Muassasadagi ma`lumot - AKM
Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
Mutaxassislik nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Smut.id, Smut.mnom, Smut.fnom FROM Smut
ORDER BY [mnom], [fnom];
Ta`lim bosqichi qiymatini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sudar.id, Sudar.udnom FROM Sudar ORDER BY [udnom];
O`qitish tili nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Stil.id, Stil.lname FROM Stil ORDER BY [lname];
O`qish shakli qiymatini o`qib olish so`rovi:
SELECT Suqsh.id, Suqsh.unom FROM Suqsh ORDER BY [unom];
5. Pasport - APASP
Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
6. Telefon - ATEL Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
7. Manzil - AMANZ
Talaba familiyasi va ismini o`qib olish so`rovi:
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
YAshash holati nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Syhol.id, Syhol.Tjoy FROM Syhol ORDER BY [Tjoy];
8. Ota-ona - AQAR
SELECT Atalaba.id, Atalaba.fam, Atalaba.fnom, Atalaba.guruh FROM Atalaba ORDER BY [id], [fnom], [guruh];
Qarindoshlik nomini o`qib olish so`rovi:
SELECT Sqar.id, Sqar.qar FROM Sqar ORDER BY [id];
Xuddi shuningdek ‘Etim - AETIM’ va ‘Nogiron – ANOGIRON’ jadvallari ham tuziladi va so`rovlar tahlil qilinadi.
Topshiriq 1. MBBT da MB jadvallarini tuzing.
2. MB ga qiymat kiriting.
3. Sodda va murakkab so`rovlar tizimini yarating.
4. So`rov orqali jadvallardan kerakli qiymatni topishni tashkil qiling.
Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.