1-тажриба машгулоти



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə8/14
tarix28.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#71044
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Маълумотлар базаси тажрибаси

Тajriba ishi №6
Mavzu: Ma`lumotlar bazasini yuritish dasturini yaratish.


Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB ni yuritish dasturini yaratish haqida bilim va malakalarini mustahkamlash.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. MB ni yuritish dasturini yaratish. (Access misolida).
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma:
MB biror bir MBBT qurilgach u bilan ishlashni tashkil qilish uchun qulay shakldagi interfeyslar yaratiladi. Biz tajriba ishi doirasida yaratilgan MB jadvallari uchun interfeyslarni MS Access da yaratamiz. Interfeys MS Access da forma deb ataladi.
Forma tashkil qilish. Ma`lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonlarga ega bo`lgan elektron ko`rinish forma deb ataladi. Forma tashkil qilish MB darchasining ‘Форма’ bo`limida ‘Создать’ tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo`ladi.

Ekranda hosil bo`lgan muloqot darchasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Мастер форм - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Автоформа: в столбец (ustun ko`rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish.
Автоформа: ленточная (lentasimon)– maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashtirilgan holda formalar tuzish.
Автоформа: табличная (jadvalli)– maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar ko`rinishida tuzish.
Диаграмма – diagrammalar ko`rinishida formalar tuzish.
Jamlovchi jadval - Excel jadvallari bilan solishtirish usulidan foydalanib formalar tuzish.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach,
muloqot darchasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so`rov nomi ko`rsatiladi. Ma`lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo`lib, uning tashqi ko`rinishi, boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog`liq. SHuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. Avtoforma–MB darchasida ‘Создать’ tugmasini bosish bilan ‘Новая форма’ muloqot darchasi ochiladi. Unda kerakli so`rov yoki jadvalni tanlab sichqoncha chap tugmasini avtoforma turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi. Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 bosqichdan iborat:
a) formaga kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni tanlash,
v) formaning tashqi ko`rinishini tanlash,
s) formaning fon tasvirini tanlash,
d) forma nomini berish.
Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat:
- forma sarlavhasi,
- ma`lumotlar beriladigan joy,
- eslatmalar satri.
Tajriba ishi topshirig`i bo`yicha MB formalarini (MS Access MBBT da) yaratishda 8,9 - amaliy mashg`ulotda keltirilgan ‘Elektron kutubxona’ MB formalarini tuzish bo`yicha keltirilgan ma`lumotlardan tahliliy foydalanamiz. Quyidagi formalar yaratildi:
1. Talaba - ATALABA

2. Umumiy ma`lumot - AUMT

3. Shaxsiy ma`lumot - ASHMT

4. Muassasadagi ma`lumot - AKM



5. Pasport - APASP

6. Telefon - ATEL

7. Manzil - AMANZ

8. Ota-ona - AQAR

9. Etim – AETIM

10. Nogiron – ANOGIRON

Har bir formada beriladigan ma`lumotlar harfi o`lchovi, turi va rangini o`zgartirish mumkin bo`ladi. Bundan tashqari ma`lumot joylashtirilgan maydon foni va maydon chegarasi rangini ham o`zgartirish mumkin. O`zgartirilgan maket saqlansa, kelgusida o`zgartirilgan maket bilan ishlash mumkin bo`ladi.
Formalarga boshqarish elementlarini kiritish orqali bir formadan ikkinchisiga o`tish mumkin.
Barcha tuzilgan formalarni bir boshqaruvchi forma orqali boshqarib, bo`ysunuvchi formalar shaklida ifodalash mumkin.

Topshiriq
1. MB ni yuritish dasturini yarating. (Access misolida).
Xulosa: Bajargan ishlaringizni batafsil bayon qiluvchi xulosa yozing.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin