1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA



Yüklə 90,71 Kb.
səhifə2/21
tarix20.06.2023
ölçüsü90,71 Kb.
#133231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
11-20 mavzugacha

12 JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA
Reja

  1. Jamoa haqida tushuncha.

  2. O’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari.

  3. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.

  4. Jamoa an’analari.



Tayanch tushunchalar: jamoa, o‘quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider.

  1. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.

O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.


5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi


Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsiyasi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur.

Yüklə 90,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin