1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarini izohlang Tarbiya



Yüklə 3,32 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü3,32 Kb.
#158170
1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarini izohlang Tarbiya-fayllar.org


1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarini izohlang Tarbiya

1. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya tushunchalarini izohlang

Tarbiyashaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. T.siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar T. tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

2. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini aytib bering

Pedagogik adabiyotlarda "T." atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda T. inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda T. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi T. tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

3. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlarini tavsiflang.

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar.

4. Ijtimoiy pedagogikaning atamalariga ta’rif bering.
Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi.


5. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillarini izohlang.


http://fayllar.org
Yüklə 3,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin