3-TOPSHIRIQ. Savollarga javob berish
1.Tarbiya turlarini izohlang.
2.Ibn Sinoning bola tarbiyasi haqidagi fikrlaridan keltiring.
3.Milliy tarbiyada oilaning o’rni qanday ?
1 savolga javob
- ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- aqliy qobiliyatlar va iste’dodlarni rivojlantirish;
- bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish
- bilishga oid faollikni shakllantirish
- bilim olishga dalillashni shakllantirish va h.k.
Jismoniy tarbiya – sog‘liqni mustahkamlash va to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga erishishga qaratilgan tarbiya
Uning vazifalari:
sog‘liqni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanish
aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshirishi
tabiiy harakatga keltiruvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish
gigienik odatlarni shakllantirish
ma’naviy sifatlarni tarbiyalash (jasurlik, tirishqoqlik, qat’iylik, intizomlilik va boshqalar) sog‘lom turmush tarziga qo‘shilish jismoniy tarbiya, sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga ehtiyojni shakllantirish va h.k.
Fuqarolik tarbiyasi – o‘zida global muammolarga, ijtimoiy guruhlarga, alohida shahslarga, ularning faoliyatiga, jamotchilik hayoti va ongiga umuminsoniy qadriyat munosabatlarining tizimini namoyon etadi.
Uning vazifalari:
inson va fuqaroni tarbiyalash
fuqarolik dunyoqarashi va siyosiy ihtiyorni shakllantirish
fuqarolik ongining vujudga kelishi, o‘z qarashlarida sobit qolish qobiliyati
vatanparvarlik, baynalminalchilik kabi oliy tartibning hissiyotlarini shakllantirish va boshqalar.Vatanga muhabbat hissini, uni himoya qilishga tayyorlik hissini rivojlantirish, qadrdon yurt, uning tabiati, an’analari, urf-odatlari va h.k.ga muhabbat hissini shakllantirish.
Ahloqiy tarbiya – harakterning ahloqiy sifatlari, ko‘nikmalar va hulq-atvorning shakllanish jarayoni. Ahloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va ye’tiqodlar, jamiyatning tegishli me’yorlariga mos keladigan ko‘nikmalar va hulq-atvorning ahloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Ahloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi bo‘lmagan me’yorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va me’yorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan ahloqiy sifatlar- halollik. adolat, burch, tartiblilik, mas’ullik, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va boshqalar.
Hissiy (estetik) tarbiya shahsni tarbiyalashning turlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi – voqelikka estetik munosabatni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |