Mehnat tarbiyasi – mehnat faoliyatiga qo‘shish jarayoni, har tomonlama va uyg‘un rivojlangan shahs shakllanishining asosi.
Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy hulq-atvorni shakllantirish
Iqtisodiy tarbiya jamiyatning iqtisodiy hayotini tushunish, bozor sharoitlarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ishbilarmonlik hislatlari va boshqalarni ta’minlaydi.
Ekologik tarbiya –ekologik ong shakllanishi, yekologik madaniyat tarbiyasi jarayoni.
Tarbiya texnologiyasi – tarbiya jarayonida shakllar, yo‘llar, usullar, va vositalarning jamuljamligidir.
Tarbiya jarayoninng yahlitligi majmuaviy yondashuv orqali amalga oshiriladi.
Majmuaviylik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro harakatning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllarining birligini anglatadi.
Tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari quyidagi talablarni bajaradi:
– tarbiyalanuvchilarga uchta yo‘nalish bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadi: ongga, hissiyotga va xulqqa.;
– ijobiy natijaga tarbiya va shahs o‘zini tarbiyalashiining uzviy birikuvida erishiladi;
– tarbiyaga aloqador barcha ijtimoiy institutlar va birlashmalarning (ommaviy ahborot vositalari, adabiyot, san’at, maktab, tartibot idoralari va boshqalar) birligi va kuch-g‘ayratlarining muvofiqlashtirilishi – majmuaviy yondashuvning zaruriy shartidir;
– shaxsning ma’lum fazilatlari aniq tarbiya ishlari tizimi orqali amalaga oshiriladi.1
Tarbiya jarayonini boshqarish quyidagi omillar hisobiga olinganda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin:
– fazilatlarining rivojlanishiga ko‘maklashadigan yoki unga qarshilik qiladigan tarbiyalanuvchining shakllangan hayot tarzi;
– hayot sharoitlari;
– ommaviy ahborot vositalari va targ‘ibot;
– shahsga ta’sir qiladigan jamoaning taraqqiyot darajasi va hayot tarzi (qadriyatli yo‘nalishlar, jamoatchilik fikri, ahloq me’yorlari, ruhiy iqlim...)
– jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar me’yorlari
– tarbiyaning individual va shahsiy o‘ziga hosliklari.
Dostları ilə paylaş: |