mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish. g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin: aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; bilmaslik. 15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi. 16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi. 17. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. 18. Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi: Rf = V x OI , bu yerda: 100 V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); OI — fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 19. Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori ballni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi. 20. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.