FSMU texnologiyasi. F - fikringizni bayon eting; S - fikringizning bayoniga biron sab ab ko‘rsating; M — ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring; U - fikringizni um um lashtiring. Ushbu texnologiya talabalarga tarqatilgan oddiy qog'ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlami bayon etishga yordam beradi. Mazkur texnologiya o ‘quv rejasi asosida biron bir bo‘Iim o‘rganib bo‘lingach„ qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya talabalarni o ‘z fikrini himoya qilishga, o ‘rgatadi 4-semenar mashg’ulot
Dars mavzusi: O’quvchi, talabalarning bilimlarini holisona baholash. Yozma, o’g’zaki va test nazoratlarini foydalanish samaradorligi Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchi, talabalarning bilimlarini holisona baholash. Yozma, o’g’zaki va test nazoratlarini foydalanish samaradorligini ta’minlash Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalar ilmiy dunyoqarashini oshirishni ta’minlash. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarda pedagogika haqidagi zamonaviy bilimlardan foydalanish, mustaqil fikrlash va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirish. Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko’rgazmali rasmlar, tarqatma materiallar, mavzuga oid darsliklar Darsda foydalaniladigan texnologiya: didaktik o’yin, aqliy hujum, hikoya metodlari Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra metodi. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. 2.О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. 3.Yangi mavzuni yoritish Mavzu mazmuni: Umumiy qoidalar 1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.