1-semenar mashg’ulot Dars mavzusi: Uzlukisiz ta’lim tizimida biologiya fanlarini o’qitishda oily va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari pedagoglariga qo’yiladigan talablar
Darsning ta’limiy maqsadi: О‘quvchilarni uzlukisiz ta’lim tizimida biologiya fanlarini o’qitishda oily va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari pedagoglariga qo’yiladigan talablar bilan tanishtirish Darsning tarbiyaviy maqsadi: Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari pedagoglariga qo’yiladigan talablar orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. Darsni jihozlash: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish. . Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin tyexnologiyasi (matbuot konfyeryensiyasi). Muammoli ta’lim texnalogiyasi (aqliy hujum). Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. 2.О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. 3.Yangi mavzuni yoritish Mavzu mazmuni: Umumiy o’rta ta’lim pedagog kadrlarga qo’yiladigan talablar
O’qituvchi oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi, quyidagilarni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak:
Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti( umumiy qoidalar), shuningdek o’qilayotgan predmet bo’yicha o’quv dasturi talablari;
Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi normativ-huquqiy va direktiv hujjatlar;
Sinflar va kabinetlar (laboratoriyalarni) tegishli o’quv anjomlari bilan jihozlash bo’yicha talablar;
O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta’minlash prinsiplari;
O’quv predmetlarining mazmuni va ularni o’qitishdagi izchillik asoslari;