1. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish


o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash



Yüklə 49,92 Kb.
səhifə14/38
tarix24.01.2023
ölçüsü49,92 Kb.
#80481
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
1. Tashkiliy qism. Αquvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va bo

o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;
fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;
o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qo‘llashni maqsad qilgan bo‘lsa, hal etib bo‘lmaydi. Maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘li, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir [1]: o‘yinli texnologiyalar; muammoli o‘qitish; dasturlashtirilgan o‘qitish; kompyuterlashtirilgan o‘qitish; modulli o‘qitish.
Bu texnologiyalar o‘quv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qo‘llanishi mumkin. Maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni o‘qitishda g‘oyat samarali bo‘lgan qator o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin faoliyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin.

Yüklə 49,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin