Maktab biologiya fanlari bo’yicha tavsiya qilingan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalarini ko’rib chiqish va taxlil etish. 1. Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha. Maktab biologiya kursini o’qitishda qo’llaniladigan vositalar orasida darslik alohida o’rin tutadi. Darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik o’quv qo’llanmadan farqli ravishda o’quv dasturi asosida yoziladi. O’qitishning maqsadi va vazifalariga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi. 2.Maktab darsligigi qo’yilgan asosiy talablar. 1. maktab darsligi ilmiy bo’lishi, ya’ni fanning rivojlanishini, so’ngra yutuklarini o’zida ifoda etmoгi; 2. u o’quvchilar uchun tushunarli, ya’ni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi; 3. darslik o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi, unda har bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo’shimcha qiziqarli ma’lumotlar, topshiriqlar, savollar o’rin olmoгi; 4. darslik o’quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga qaratilgan bo’lishi; 5. darslik milliy istiqlol mafkurasini o’quvchilar ongiga singdirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi; 6.darslik mahalliy sharoitda keng tarqalgan o’simliklar, hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi, hayot faoliyati yoritishi; 7. darslik o’quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi; 8. tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanishga o’quvchilarni o’rgatishga qaratilishi kerak. 3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi. Hozirgi vaqtda respublikamiz maktablarida botanika 5-6 sinflarda o’qitiladi. Uning asosiy maqsadi o’simliklar dunyosining xilma xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, xayot faoliyati, tabiat va inson tutgan o’rni bilan o’quvchilarni tanishtirishdan iborat. 5 sinfda 34 soat, 6 sinfda 68 soat xajmda o’quvchilarga botaniq bilimlarni berish ko’zda tutilgan. Maktablarda qo’llanilayotgan 5 sinf botanika darsligi 95 sahifadan iborat bo’lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 6 bobdan, 32 paragrafdan tashkil topgan. 6-sinf botanika darsligi 142 ta sahifadan iborat. Unda muqaddima va 52 paragraf, 85 ta rangli rasmlar mavjud. Darslik yuqori sifatli oq qoгozga chop etilgan va chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Har bir paragrafda botanika atamalar, o’simliklarning nomlari, rangli harflar bilan ajratib berilgan. Matnlar o’quvchilarga mos tushunarli qilib bayon etilgan Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bo’lib, u 9 bоb, 200 sahifadan, 61 paragrafdan iborat. Unda 121 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf so’ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan o’quvchilarning ko’nikma, malakalarini shakllantirishga ham e’tibor qilingan. 8-sinf Odam va uning salomatligi. Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga mo’ljallangan o’quv dasturi asosida yozilgan. U XV bobdan, 55 paragrafdan tashkil topgan. 9 -sinf biologiya darsligi. Darslikning asosiy bo’limlari organik olamning xilma-xilligi, sitologiya asoslari, organizmlarning ko’payishi va individual rivojlanishi, genetika, seleksiya asoslari hisoblanadi. Darslik 14 bobdan 64 paragrafdan tashkil topga