3-amaliy ish Botanika fanining darslarni mustaqil tashkil qilish.Darslarni kuzatish va taxlil qilish “ O’simliklar ” bo’limini o’qitish metodikasi Biologik tushunchalarning rivojlantirilishi. Morfologiyaga oid darslar metodikasi. Mashгulotning maqsadi va vazifalari: A) ta’limiy maqsad: Biologik tushunchalar, oddiy va murakkab, maxsus va umumbiologik tushunchalarni rivojlantirish, morfologiyaga oid dars metodikasi bilan tanishtirish. B) tarbiyaviy maqsad: Biologik tushunchalarni o’rganish ulardan foydalanish, xamisha tushunchalar xarakatini, ularning aloqadorligini, ularning bir-biriga o’tishlarini o’rgatish orqali ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishdan iborat.
V) rivojlantiruvchi: tushunchalarni rivojlantirish o’quv fanining shakli va mazmuni, o’qitishning metod va shakllarini, shuningdek o’quvchilar tafakkuri va mustaqilligini tarkib toptirish. Mashгulotning borishi 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. 2.“ Gulli o’simliklar” bo’limidan morfologiyaga oid tushunchalar sistemasini aniqlash 3. “ Ildiz”,”Poya”, “Barg” bo’limlari bo’yicha morfologiyaga oid darslarni aniqlash 4. Morfologiyaga oid darslarda ishlatiladigan tarqatma materiallar bilan tanishtirish. 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. O’qitishning maqsadi – o’quvchilarga tushunarli, sistemali va puxta bilim berishdir. O’qitish jarayonida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini to’гri tashkil etish ularga yuqori saviyada bilim berishning xal qiluvchi sharti xisoblanadi. Tushunchalar insonga uning dunyoni idrok etishidagi intilishlarida yordam beradi. Biologiya o’quv fani sifatida mantiqiy izchilliklikda rivojlantiriladigan va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar sistemasidan iborat. Bu tushunchalar oddiy va murakkab, maxsus ( xususiy) va umumbiologik bo’lishi mumkin. Xar bir tushuncha asta-sekin rivojlanadi, murakkablashib boradi. Bilimning bir elementini o’z ichiga olgan oddiy, dastlabki tushuncha boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib murakaab tushunchani xosil qiladi.