Asosiy qoidalari quyidagilar: 1.Aytilayotgan barcha гoyalar bir-biriga nisbatan muximlikda tengdir. 2. Kiritilayotgan гoyalarga nisbatan tanqidning mavjud emasligi. 3. гoyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik 4. So’zlovchiga nisbatan baxolovchi komponent mavjud emas. 1-metod. 1.Guruxning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo’yiladi. O’qituvchi o’quv jarayonida tashabbusni o’z qo’liga shunday tarzda oladi; u sinfdagi barcha o’quvchilarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor bo’lgan barcha fikrlarni aytishni so’raydi. 2. Barcha, xatto axmoqxona гoyalarni xam aytishga ruxsat beriladiyuAytilayotgan fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart. 3. Birortasining xam fikri sharxlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baxolanmaydi. 4. asosiy fikrlarni o’qituvchi doskaga yozib oladi yoki ekranda ko’rsatadi. 5. aqliy xujum tugagach, barcha гoyalar to’planishi, guruxlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga bo’linishi mumkin. 2-metod. 1. barcha mavzu va savollar umumiy yo’nalishi saqlangan xolda katta gurux tarkibidagi guruxchalarga taqdim etiladi. 2. o’qituvchi mavzu bo’yicha bir nechta balki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin. 3. katta gurux kichik guruxchalarga ajratiladi va xar bir guruxchaga aqliy xujum o’tkazish uchun aloxida savol beriladi. 4. xar bir guruxcha aqliy xujum maxsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruxlarning barcha a’zolariga taqdim etadi 5. гoyalar xar bir guruxcha tomonidan katta saxifaga qoгozga yozib olinishi mumkin. Shunday saxifa- plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo’yiladi. Saxifa – plakat jarayonining oxirida xar bir xoxlovchi nima yozilgan va jamlanganligini ko’rishi uchun osib qo’yiladi. 6. aqliy xujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jixati ishlab chiqilishi zarur bo’lgan joyda, ayniqsa foydalidir. 7. o’qituvchi raxbar yordamchi sifatida xarakat qiladi va bir guruxdan ikkinchi guruxga aqliy xujum amalga oshirilayotgan paytda o’tib turadi. Muxim гoyalar aqliy xujum paytida ishlab chiqilgan bo’lishi va munozaralarda muxokama etilgan bo’lishi kerak