4. O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’kuv materialini kuyidagi mantiqiy tugallangan fikrli to’rt qismga ya’ni modulga ajratadi: 1. Dumsizlar turkumi. 2. Dumlilar turkumi. 3.Suvda ham kuruqda yashovchilarning ahamiyati. 4. Suvda ham kuruqda yashovchilarning umumiy ta’rifi. Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi. “ Suvda ham qurukda yashovchilarning xilma-xilligi va ahamiyati» mavzusi» bo’yicha ikki o’quvchi hamkorlikda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi. Modul dasturining didaktik maqsadi: Siz sherigingiz bilan hamkorlikda ishlab suvda ham kuruqda yashovchilarning, turkumlari, ularnipg o’ziga xos xususiyatlari, dumsizlar, dumlilar turkumi vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishishingiz,darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur. 5.O’kuvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish. Har bir modul yakunida o’quvchilar jamoasi bilan savol-javob, o’kuv munozarasini o’tkazish. 6.Modul dasturini yakunlash. Yangi mavzu bo’yicha o’kuvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash. 7. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 8. Uyga vazifa berish. 5-amaliy ish Odam va uning salomatligi fanining mavzulari bo’yicha darslarni mustaqil tashkil etish, kuzatish va taxlil qilish Biologiyani o’qitishda loyixalash texnologiyasining metodlari Mashгulot maqsadi. Biologiyani o’qitishda loyixalash texnologiyasining metodlarini qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish. Mashгulot natijalari. 1. loyixalash texnologiyasining metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar. 3. Darslarda loyixalash texnologiyasining usulini qo’llay oladilar.