Mashгulot maqsadi. Xamkorlikda o’qitish texnolgiyasining metodlarini qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish. Mashгulot natijalari. 1. “ Komandada o’qitish “ metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar. 3. Darslarda ” komandada o’qitish “ usulini qo’llay oladilar. Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari. Mashгulotning borishi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglatgan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o’quv materialini puxta o’zlashtirishiga, o’rtoqlariga xamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. 1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’kuvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi, Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradn Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishiga e’tiborni qaratadi. Mavzu: Karamdoshlar oilasi Darsning ta’limiy maqsadi :O’quvchilarni karamdoshlar oilasining o’ziga xos xususiyatlari, yovvoyi va madaniy vakillari va ularning ahamiyati bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’simliklarning xilma-xilligini tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, axloqiy tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’kuvchilarning gulli o’simliklarning tuzilishi, xilma-xilligi haqidagi bilimlari, ob’yektlarni tanish va kuzatish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.