Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruxlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi)ni quyidagicha yoritish mumkin. Darsning mavzusi: Ra’nodoshlar oilasi. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni ra’nodoshlar oilasiga mansub yovvoyi va madaniy o’simliklarning tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi:O’simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning sistematik birliklar, o’simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, o’simliklarni tanish va ajratish, darslik ustida mustakil ishlash ko’nikmalarini rivojl antirish. Darsni jihozlash na’matak, atirgul, olma, shaftoli, olcha, o’rik gullarining tuzilishi mulyaji, gerbariylari, «Ra’nodoshlar oilasi» jadvali. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruxlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi) Darsning borishi: I. Tashkiliy kism 2.O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriklari yordamida aniklash va baholash. 3. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’kuv topshiriklarini bajarishga yo’llash. IV. Yangi mavzuni o’rganish: a) yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o’quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish; b) o’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o’kuv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash; v) har bir o’quv faoliyati elementi topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish; g) har bir o’kuv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish. O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli ikki qismga ya’ni modulga ajratadi: