Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari. Mashгulotning borishi. Klaster (гuncha, boгlam) metodi pedagogik, didaktik o’yinlarning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochik o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil гoyalar o’rtasidagi aloqalar to’гrisida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq ob’yektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan boгliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil гoyasiga muvofiq ishlab chikilgan “ Klaster ” metodi puxta o’ylangan o’yin bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashгulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashгulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan гoyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan гoyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
MAVZU: Biologiyani o’qitishda muammoli darslardan foydalanish yo’llari Mashгulot maqsadi. Talabalarga muammoli darslardan foydalanish yo’llari qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish. Mashгulot natijalari. 1. Muammoli darslar xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar. 3. Darslarda muammoli usulini qo’llay oladilar. Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari. Mashгulotning borishi. Muammoli ta’lim deb, o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng mo’qobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo’naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi. Muammoli ta’lim keyingi yillarda yangi «nom bilan («Tafakkur bo’roni» BR.Kodirov), («Miyaga hujum» «Fikrlar to’knashuvi», «Fikrlar jangi» V.J.Karimova, F.A.Akramova), («Akdiy hujum» JG.Iuldoshev) nomlash rasm bo’ldi.