Botanikadan Davlat ta’lim standarti va darslikning taxlili. Mashгulotning maqsad va vazifasi: a) ta’limiy maqsad: Botanikadan DTS, darslikning taxlili, botanika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar bilan tanishtirish. b) tarbiyaviy maqsad: Botanikadan DTS, darslikning taxlili, botanika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar bilan tanishtirish orqali talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. v) rivojlantiruvchi maqsad: DTS talablari asosida uzluksiz ta’lim jarayoni uchun o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini muntazam takomillashtirish va fan-texnika, ishlab chiqarish talablari asosida yangilarini yaratish. Mashгulotning borishi. 1. Botanikadan DTS va uning taxlili. 2. Darslik. Maktab darsligi va unga qo’yiladigan talablar 3. Botanika darsligi va uning taxlili bilan tanishish 4. Botanika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar bilan tanishish 5. Botanikadan ko’rgazmali qurollar bilan tanishish. 1. Botanikadan DTS va uning taxlili. Botanika – o’simliklarning xayoti, tashqi va ichki tuzilishi, taraqqiy etishi, tarqalishi, muxit bilan oгliqligi, xalq xujaligidagi axamiyati, o’simliklardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish usullarini xamda insonlar xayotidagi va tabiatdagi rolini o’rgatuvchi fan. Botanika ta’lim standartidagi “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatgichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’mnlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Berilgan ko’rsatgich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baxolashda o’lchov bo’lib xisoblanadi. O’quvchilarning botanikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagilardan iborat: