1. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish


Oliy ta’lim muassasasi ta’limi to’g’risidagi normativ –xuquqiy va direktiv hujjatlar



Yüklə 49,92 Kb.
səhifə3/38
tarix24.01.2023
ölçüsü49,92 Kb.
#80481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
1. Tashkiliy qism. Αquvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va bo

Oliy ta’lim muassasasi ta’limi to’g’risidagi normativ –xuquqiy va direktiv hujjatlar;

Umumiy kasb-hunar va maxsus fanlarni o’qitish xususiyati va metodikasi

  • O’quvchilarning umumiy va yosh psihologiyasi;

  • O’quvchilarni milliy mustaqillik g’oyalari asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash metodologiyasi;

  • Oquvchilar va ularning ota-onalari bilan muomalada etika va estetika normalari;

  • Kasb-hunar ta’limida menejment va marketing asoslari;

  • Belgilangan sanitariya gigiena normalari.


2-semenar mashg’ulot


Dars mavzusi: Talabalarda vatanparvarlik, milliy g’urur va o’z-o’zini anglash, xalq tarixiga, ma’daniyatiga va an’analariga va kasbiga hurmat xissiyotlarini shakllantirish
Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarni vatanparvarlik, milliy g’urur va o’z-o’zini anglash, xalq tarixiga, ma’daniyatiga va an’analariga va kasbiga hurmat xissiyotlarini shakllantirish bilan tanishtirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda o’z kasbi, vataniga va oilasiga bo’lgan hurmat xissiyotlarini shakllantirish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarini ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Mavzuga oid rasmlar, buyuk bobolarimiz hayotiga va ijodiga oid materiallar, ko’rgazmali materiallar
Darsda foydalaniladigan texnologiya: didaktik o’yin, aqliy hujum, hikoya metodlari
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
3.Yangi mavzuni yoritish
Mavzu mazmuni:
Biologik ta’lim yutuqlari. Biologiya o‘qituvchisi biologik bilimlaming jamiyatimizdagi har bir insonning hayoti va mehnatidagi ulug'vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi va shunday ishonchni o‘quvchilarda tarbiyalashi zarurdir. Maktabda o'qituvchining muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun birinchi shart ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta’lim jarayoni ishonchga asoslanadi. Biologiya o‘qituvchisi - biologiya fanining tashviqotchisidir. Biologiya o'qituvchisining kasbi, o'quvchilarga nega har bir odam biologiyani o’rganmog'i zarurligini singdirish uchun turli xil eruditsiyani, jiddiy amaliy o‘quv va malakalarni hamda mustahkam irodani talab etadi. Biologik ta’lim insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. Biologiya o‘qituvchisi biologik bilimlaming har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim. Maktabda o‘qituvchining muvaffaqiyatli ish olib borisliining birinchi sharti ana shudir. chunki tarbiyalovchi ta'lim jarayoni ishonchga asoslanadi. XX-XXI asrda fan va texnika tez rivojlandi, natijada insoniyat o‘zi yashayotgan muhit bilan qarania-qarshilikka duch kelmoqda, muhit uning sog'ligiga va hayotiga xavf solmoqda. Sababi ishlab chiqarish va transport chiqindilari, o’rmonlarning kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil boiayotganligidir. Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan unumli foydalanish barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan bo‘lib qohnoqda. Har bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologik bilimlaming keng yoyilishi va ahamiyati misli ko‘rilmagan darajada oshdi.Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga - biologiya asriga kirib borganligi haqida dalolat bermoqda. Biologiya fanining yutuqlariga ko’p jihatdan tabiiy fanlardan fizika, kimyo, matematika, astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida erishilmoqda. Bu fanlarning yutuqlari va usullari asosida elektron mikroskopiya, spektroskopiya, rentgenostniktura tahlili, hujayraning molekular va su'bmolekular darajada o‘rganish irnkonini beradi. Biokimyo va biofizika usullari asosida tajribalar o’tkazish natijasida moddalar almashinuvi, ayniqsa, oqsil biosintezining mexanizmi ochib bcrildi, fotosintcz sirlari ochildi. Irsiyatning moddiy asosi DNK. va RNK strukturasi, funksiyasi ayon bo‘ldi, aminokislotalaming genetik kodi ochib bcrildi. Hozirgi zamon kishisi hayotini tirik tabiat to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki uning hayoti o‘simliklar va hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. O'simliklar - Yerda organik
xomashyo va energiya olish manbayidir. Hayvonot dunyosi o‘z navbarida turli xil oziq-ovqat va sanoat xoniashyosining manbayi bo*lib xizmat qiladi. Iabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni ko'paytirish xalq vadavlat farovonligini yuksaklarga ko'tarish uchun xizmat qiladi. O’rta maktabda olinadigan biologik ta’lim sailitariyada katta rol o’ynamog’i lozim. O ’z organi/.mining tuzilishi va ishini bilish, asosiy gigiyena ko'nikmalariga ega bo’lish har bir kishi uchun muhimdir. Tabiatni sevish - katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va aql doiralarini qamrab oladi, odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuyg‘u ko‘p jihatdan vatanparvarlik hislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bo'Igan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon o'lkaga, jonajon mamlakatga qo‘yilgan mehr o‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. Ulg'ayish va yetuklifc mehr-u muhabbatni his etib olishga olib keladi va uni mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga to‘g'ri munosabatda bo'lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbadii tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari, uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o‘z qo‘llari bilan yaratish va ko‘paytirishga o‘rgatadi. Bulaming barchasiga biologik qonuniyatlami chuqur va ongli ravishda o'zlashtirgandagina erishish mumkin.


Yüklə 49,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin