1 Telefonda gaplashish odobi



Yüklə 71,9 Kb.
səhifə2/7
tarix29.03.2023
ölçüsü71,9 Kb.
#91277
1   2   3   4   5   6   7
Telefondan suhbatlashish mantiqi, maslahat sxemasining o’zgarishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Muloqot
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. Sрuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.

Telefonda gaplashish odobi
Hayotimizga telegraf, radio, kegin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda. Muhim telefon so'zlashuvlari qisqa, muloyim va hurmat yuzasidan bo'lishi kerak. Tadqiqotlarga ko'ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat'iyroq bo'ladi. Agar o'tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi.
Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Raqam terishdan avval o'ylab ko'rishingiz kerak. Sizning qo'ng'irog'ingiz xush kelarmikan? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo'ymasmikansiz? Shu tobda siz qo'ng'iroq qilayotganingizda uni kimdir bezovta qilmayotganmikan?
Har qanday qo'ng'iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, kegin gaplashishingiz kerak bo'lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz.
Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi deb so'rang. Yodda tuting, tanishingiz yoki dugonangiz bilan shoshilmasdan suhbat qurayotgan paytingiz, sizga muhim ish bilan qo'ng'iroq qilayotgan bo'lishlari mumkin. Telefon orqali bekorchi gaplarni gaplashmang. Agar do'stingiz bilan ko'ngildan suhbatlashmoqchi bo'lsangiz, u bilan biror joyda uchrashib gaplashganingiz ma'qul. Judayam kech bo'lib qolganda tanishingizga qo'ng'iroq qilmang. Agar 5-6 marta chaqirgandan keyin telefonni hech kim ko'tarmasa, boshqa qo'ng'iroq qilmang. Agar kimdir raqamni noto'g'ri terib sizga tushib qolsa, qo'pollik qilmay, mayinroq javob bering: "Kechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz". Eslab qolish zarur bo'lgan shunday qoida bor: do'stingizning uyiga ogohlantirmasdan bormang. Bu telefonning afzalliklaridan biridir.

Hech qachon telefon qilayotgan insonga "Kim bu gapirayotgan?" deb so'ramang. Bu odobdan emas. Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o'sha odamga qayta qo'ng'iroq qiling. Noto'g'ri ulanib qolgan bo'lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo'ng'iroq qilayotganligini aniqlab oling.


Go'shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so'zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo'pol ham, o'ta muloyim ham bo'lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so'rashsa, "Kim so'rayapti?" deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so'rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak.
Go'shakni ko'tarib qo'ymang. Yana qo'ng'iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, "20-30 daqiqadan keyin qo'ng'iroq qiling", deb ayting. Sherigingizga qo'ng'iroq qilishga kelishgan bo'lsangiz, va'dangizni bajaring. O'ta zarur ishingiz bo'lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo'ng'iroq qilmang. Ish yuzasidan bo'lsa, bir necha daqiqaga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 22.00 dan keyin qo'ng'iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug'ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur. O'ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarning ham ozi yaxshi. Albatta, "marhamat qilib", "rahmat" so'zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so'rashib, boshni qotirmaganingiz ma'qul.
Telefonsiz insonga tez yordam ko'rsatib bo'lmaydi. Bunda bo'lib o'tgan voqeani aniq va lo'nda ifoda etish zarur. Ortiqcha gaplar bilan vaqt yo'qotmagan ma'qul. Agar favqulodda hodisa bo'lgan vaqtda qo'lingizda telefon bo'lsa, yordam chaqirish uchun berish zarur. Qarindoshlaringiz, do'stlaringiz, tanishlaringizning boshiga biror ish tushsa, telefon orqali so'rash to'g'ri kelmaydi, bunday vaqtda ularning oldiga qanday yordam kerak, deb ko'ngil so'rab borish zarur.

Odatda, ishga doir qo'ng'iroqlar ishxonaga qilinadi. Agar vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to'g'ri kelsa, avvalo uzr so'rash, shundan so'nggina qo'ng'iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tafsilotlarni uchrashganda yoki ishxonaga qo'ng'iroq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o'ylamay, dam olish huquqiga egalar. Bu huquqni hurmat qilish kerak.


Agar notanish odamga qo'ng'iroq qilayotgan bo'lsangiz, albatta o'zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting. G'arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo'lmaganda, ish yuzasidan bo'layotgan suhbat jarayonida amal qiling. Qoida bo'yicha, qo'ng'iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo'lib tanitmaslik huquqiga ega. "Kim bilan gaplashayapman?", "Bu kim?", "Men qayerga tushdim?" kabi so'roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo'ng'iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo'lmasa, go'shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o'tirmasligi kerak. "Kim so'rayapti?"dan ko'ra "Nima deb qo'yay?" degan so'roq yaxshiroq.


Telefonda so'zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang. Ko'chada, odamlar orasida ba'zida mobil telefon orqali baqirib gaplashayotgan kishini uchratamiz. Yoki tramvay, avtobusda ketayotganimizda mobil telefonida gaplashayotgan odamning ovozini hamma eshitadi. Aytishlaricha, Yaponiyada avtobusda ketayotgan biror dam mobil telefonda baqirib gaplashgani uchun atrofidagi yo'lovchilar uni do'pposlashgan ekan. Bu kabi muammolarga biz duch kelmaymiz, deb bo'lmaydi. Nachora, ehtiyojlarning o'zi qonun-qoidalarni paydo qiladi. Jamoat joylarida mobil telefoningizga qo'ng'iroq qilib qolishsa agar zarur bo'lmasa, yaxshisi, "Hozir transportda yoki biror joyda edim, sal turib o'zim qo'ng'iroq qilaman", deganingiz ma'qulroq. Zero, telefonda so'zlashuv ham sizning nazokatingizni belgilab beradi.


M uloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.


 «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Yüklə 71,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin